Muruntov togʻlari — Tomditov tarkibidagi togʻlar. Markaziy Qizilqum (Navoiy viloyati)da joylashgan. Janubi-sharqsan shimoli-gʻarbga yoʻnalgan. Uz. oʻrtacha 26 km. Eng baland joyi 816 m. Janubi-gʻarbiy yon bagʻri tikroq. Muruntov togʻlari yon bagʻirlarida quruq soy oʻzani koʻp. Su-vayirgʻich qismida keskin ifodalangan qoyatoshli tik yon bagʻir mavjud. Quyi silur, (besapan svitasi), quyi devon (jengeldi svitasi), oʻrta devon (janubiy bozdon svitasi), yuqori karbon (belquduq svitasi) davrlarining yotqiziqlari qatmaqat joylashgan. Oʻrta karbon davrida togʻ hosil boʻlish jarayonida dengiz chekinib quruklik paydo boʻlgan, yotqiziklar burmalanib togʻ tizmasi vujudga kelgan. Murakkab togʻ hosil boʻlishi va vulkanik harakatlar natijasida foydali qazilmalar shakllangan. Muruntov togʻlarida Muruntov oltin koni va uran konlari bor. Muruntov togʻlari etaklaridagi boʻz-qoʻngʻir tuproqlarda efemerlar, shuvoq, keyreuq, boyalich, burgan Tapkalgan. Ulardan yaylov sifatida foydalaniladi. Yaylovlar mahsuldorligi gektariga 1—3,5 s.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil