Isʼhoq Qurbonovich Musaboyev (1910.22.10, Fargʻona viloyatining Novkat qishlogʻi) — infeksionist olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1966), Oʻzbekiston (1955) va Qoraqalpogʻistonda (1965) xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1944). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. SamTI ni tugatgan (1935). Shu institut yuqumli kasalliklar kafedrasida assisent (1938— 41), dotsent (1944—49), mudir va shahar infeksion kasaliklar klinik kasalxonasi bosh vrachi (1949—51). Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti infeksion kasalliklar kafedrasi mudiri (1951—88), ilmiy maslahatchi (1988-yildan). Ayni vaqtda Oʻzbekiston epidemiologiya, mikrobiologiya va infeksion kasalliklar ilmiy tadqiqot institutida ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari (1962—70), mazkur institutning asosiy tashkilotchilaridan. Ilmiy ishlari Markaziy Osiyoda keng Tapkalgan meʼda-ichak sistemasida uchraydigan infeksion kasalliklarning patogenezi, klinik xususiyatlari, davolash va oldini olish muammolariga bagʻishlangan. Rossiya tibbiyot Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1961), Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati (1990).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Profilaktika, klinika, diagnostika i lecheniye difterii, T., 1984; Oʻzbekiston Respublikasida vabo kasalligiga karshi oʻtkazilgan tadbirlar (hamkorlikda), 1984; Differensialnaya diagnostika gepatitov A, V, S, D, Ye. T., 1999; Iskusstvo, metodi vrachevaniya i differensialnaya diagnostika, T., 1999; Gepatit S (etiologiya, epidemiologiya, patogenez, klinika, lecheniye, profilaktika), T., 2000.

Adabiyot

tahrir
  • Baxtiyor Omon, Alijon Zohidiy, Umr daftari, T., 2000.