Museo Nacional Centro de Arte Reina Sofia
Museo Nacional Centro de Arte Reina Sofia („Qirollik Sofiya milliy muzeyi sanʼat markazi“; MNCARS)[n. 1]. Ispaniyaning 20-asrdagi sanʼat milliy muzeyi. Muzey rasman 1992-yili 10-sentyabrda ochilgan va u yer Qirolicha Safiya sharafiga nomlangan. Bu muzey Madridda, Atocha poyezdi va metro stansiyalari yaqinida joylashgan.
' Museo Nacional Centro de Arte Reina Sofia | |
---|---|
Asos solingan sana | 1992-yil 10-sentyabr |
Joylashuvi | Madrid, Ispaniya |
Keluvchilar soni | 1,643,108 (2021)[1] |
Direktor | Pending of selection[2] |
Sayt | museoreinasofia.es |
Muzey asosan Ispan sanʼatiga bagʻishlangan. Muzeyning diqqatga sazovor kollektsiyalari orasida Ispaniyadagi 20-asrning ikki buyuk ustalari Pablo Pikasso va Salvador Dalining ajoyib toʻplamlari mavjud. Muzeydagi eng mashur noyob asar Pikassoning 1937-yilda chizilgan Guernica kartinasi hisoblanadi. Muzey oʻzining keng kolleksiyasi bilan bir qatorda milliy va xalqaro vaqtinchali koʻzmalarining jamlanmasini taqdim qiladi, bu esa uni zamonaviy va zamonaviy sanʼat uchun dunyodagi eng yirik muzeylardan biriga aylantiradi. 2021-yili COVID-19 pandemiyasining cheklovlari tufayli muzey 1,643,108 nafar tashrif buyuruvchilarni oʻziga jalb qildi, bu 2020-yilga qaraganda 32 foiz koʻp, lekin 2019-yilda ancha past. Shuningdek bu muzey 2021-yilda dunyodagi eng koʻp tashrif buyuriladigan sanʼat muzeyilari roʻyxatida sakkizinchi oʻrinni egalladi[3].
Shuningdek, muzey sanʼatga ixtisoslashtirilgan bepul kutubxonaga ham ega. U yerda 100 000 dan ortiq kitoblar, 3 500 dan ortiq ovoz yozuvlari va 1000 ga yaqin videola toʻplami mavjud.
Kollektsiya
tahrirReina Sofia kolleksiyasida Joan Miro, Eduardo Chillida, Pablo Gargallo, Xulio Gonsales, Luis Gordillo, Xuan Gris, Xose Gutierrez Solana, Lusio Muñoz, Xorxe Oteiza, Xulio Romero, Toresa de Anes va Serapani kabi rassomlarning sanʼat asarlari mavjud.
Xalqaro sanʼat koʻrgazmasida taqdim etilgan Kollektsiyalar orasida Francis Becon, Jozeph Beuys, Pierre Bonnard, Georges Braque, Alexandr Calder, Robert Delaunay, Maks Ernst, Lucio Fontana, Sarah Grilo, Damien Hirst, Donald Judd, Vasily Kandinsky, Yves Klein, Fernand Léger, Jacques Lipchitz, Rene Magritte, Henri Moore, Bruse Nauman, Gabriel Orozco, Nam June Paik, Man Rey, Diego Rivera, Mark Rothko, Julian Schnabel, Richard Serra , Cindy Sherman, Clyfford Still, Yves Tanguy va Wolf Vostellning sanʼat asarlari mavjud. .
Galereya
tahrir-
Pablo Picasso, 1912, Les oiseaux morts (Los pájaros muertos), oil on canvas, 46 x 65 cm
-
Joan Miró, 1918, La casa de la palmera (House with Palm Tree), oil on canvas, 65 x 73 cm
-
Wassily Kandinsky, 1923-yil, Delicate Tension, watercolor and ink on paper
-
Robert Delaunay, 1923-yil, Tristan Tzaraning portreti, 104.5 x 75 cm
Binoning tarixi
tahrirKasalxona
tahrirBino Madridning birinchi umumiy kasalxonasi oʻrnida joylashgan. Qirol Filipp II barcha kasalxonalarni markazlashtirgan. XVIII asrda qirol Ferdinand VI yangi kasalxona qurdirishga qaror qildi, chunki oʻsha paytdagi kasalxonadagi imkoniyatlar shahar uchun yetarli emas edi. Binoning loyihasi arxitektor Jose de Hermosilla va uning oʻgʻli Francisco Sabatini ishlab chiqgan va ular ishning eng koʻp qismini bajarishgan. 1805-yilda koʻplab ishlar toʻxtab qolgan, bu vaqtgacha esa Sabatini tomonidan taklif qilingan loyihaning uchdan bir qismi bajarilgan edi. Oʻshandan beri u turli oʻzgartirish va qoʻshimchalarga duch keldi hamda 1969-yilgacha u kasalxona sifatida yopildi.
Sanʼat muzeyi
tahrirEski binoga 1980-yilda keng koʻlamli zamonaviy taʼmirlash va qoʻshimchalar kiritila boshlangan. Muzeyning asosiy binosi 18-asrda kasalxona vazifasini bajargan. Muzey Museo Nacional Centro de Arte Reina Soffa deb nomlanganga qadar 1986-yilda 1988-yillarda Centro del Arte (Sanʼat markazi) sifatida faoliyat yuritgan. 1988-yilda yangi muzeyning bir qismi faqat vaqtinchalik konfiguratsiyalarda jamoatchilikka ochildi; oʻsha yili u Madaniyat vazirligi qarori bilan milliy muzeyi sifatida tanilgan. Uning meʼmoriy oʻziga xosligi 1989-yilda Ian Ritchie tomonidan uchta shishali aylanma minoralar qoʻshilishi bilan tubdan oʻzgargan.
Kengayish
tahrir8000 m 2 (86 000 ft 2) fransuz arxitektori Jean Nouvel tomonidan 92 million yevrolik kengayish 2005-yil oktyabr oyida boshlangan. Kengaytma koʻrgazmalar oʻtkazish uchun200 va 500 oʻrinli auditoriya, kitob doʻkoni, restorantlar va maʼmuryat idoralarini oʻz ichiga oladi[4]. Ducks Scéno auditoriyalarning ssenografik jihozlari va Arau Acustica akustik tadqiqotlar bo‘yicha maslahatchi bo‘lgan[5].
Boshqa imkoniyatlar
tahrirReina Sofiyada bir qancha koʻrgazmalar boʻlib oʻtadigan yan ikkta koʻrgazmalar zali bor. Ular Retiro Parkda joylashgan Crystal saroyi va Velazquez saroyi.
Nodir asarlar
tahrir- Pablo Pikassoning Guernica
- Salvador Dalining buyuk onanizmi
- Richard Serra tomonidan Teng parallel/Guernica-Bengasi
- 6 TV Dé-Coll/age by Wolf Vostell[6][7]
Ommaviy madaniyat maʼlumotnomalari
tahrirMuzey Lim Lasmuschning Nazorat chegaralari (2009) asarida asosiy manzil sifatida namoyon boʻlgan.
Yana qarang
tahrir- Eng koʻp tashrif buyuriladigan sanʼat muzeylari roʻyxati
- Museo de Escultura al Aire Libre de Alcala de Henares
Manbalar
tahrir- Axborot eslatmalari
- ↑ Also known in Spanish as the Museo Reina Sofía, El Reina Sofía, or simply el Reina
- Havolalar
- ↑ The Art Newspaper annual survey of art museum attendance, published March 28, 2022
- ↑ „Manuel Borja-Villel to Depart as Director of Reina Sofía“.
- ↑ The Art Newspaper annual visitor survey, published March 28, 2022
- ↑ „The Ateliers Jean Nouvel“. Ateliers Jean Nouvel. Qaraldi: 2017-yil 14-dekabr.
- ↑ „Dans les cartons: Auditoriums Museo Reina Sofia“ (2016-yil 9-mart). 2018-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 14-dekabr.
- ↑ „Wolf Vostell | 6 TV Dé-Coll/age (1963) | Artsy“. www.artsy.net. Qaraldi: 2020-yil 21-iyun.
- ↑ „Wolf Vostell – 6 TV Dé-Coll/age“. www.museoreinasofia.es. Qaraldi: 2020-yil 21-iyun.
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti
- Virtual tour of the Museo Nacional Centro de Arte Reina Sofía provided by Google Arts & Culture
- Media related to Museo Nacional Centro de Arte Reina Sofía at Wikimedia Commons
Andoza:Queen Sofía Art Center National MuseumAndoza:Guernica