Mushkulot
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mushkulot, mushkilot (arab. qiyinchiliklar, ogʻirliklar) — Shashmaqom tarkibidagi maqomlarning chol-gʻu boʻlimlari. M. odatdagi tasnif, tar-je, gardun, muhammas, saqil qismlaridan tashqari, har bir maqomning oʻziga xos cholgʻu yoʻllaridan tashkil topadi. Shashmaqom tarkibida jami 46 ta cholgʻu kuy mavjud. Gardun, muhammas va saqillar shu nomli doira usullari joʻrligida ijro etiladi. Oʻzbek musiqa merosida maqom majmualariga kiritilmagan, biroq M. deb nomlangan turkumli va turkumsiz cholgʻu asarlar ham mavjud. Ular yirik shakddagi xalq kuylari, koʻproq maqomlarning cholgʻu, baʼzida ashula yoʻllari negizida yaratilgan (mas, "Mushkiloti Segoh", "Mushkiloti Dugoh"), Ushbu M.larning yuzaga kelishida asosan surnay maqom yoʻllari usulsiz kuy uslubining taʼsiri katta.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |