Mushtariy
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mushtariy (taxallusi; ismi Saodat) (1810/11, Qoʻqon — ?) — shoira. Xudoyorxon saroyida kotibalik, munshiylik qilgan. Sheʼrlarida kishilarni yaxshilik, kamtarlik, poklik va adolatga chaqirgan. Ijodida dostonchilik va qissanavislik yetakchi oʻrinda turadi. Shoira xalq ogʻzaki dostonlarining yozma sheʼriy namunasini yaratgan. "Malikai Dilorom" dostoni ogʻzaki adabiyotdagi "Orzigul" dostoniga mazmunan yaqin. M.ning "Malikai Dilorom" dostoni va xalq qoʻshiqlari usulida yozilgan gʻazallari Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti fondida (inv. № 9922) saqlanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |