Mushuk ayol (inglizcha: Catwoman), asl ismi Selina Kyle) — xayoliy personaj, DC Comics oilasiga mansub, Batman haqidagi komikslarda ishtirok etadi. Eng avvalida oʻta yovuz qahramon boʻlgan, keyinchalik antiqahramonga aylangan. "Batman"dagi debyutidan keyin qahramon sifatida oʻz komiksiga ega boʻlgan.

Mushuk ayol
inglizcha: Catwoman

Rassom Stanley Lau.
Nashr haqida maʼlumot
Nashriyot DC Comics
Debyut Batman #1 (Iyun 1940)
Muallif(lar) Bill Finger
Bob Kane
Qahramon haqida maʼlumot
Toʻliq ismi Seline Kyle
Taxallus(lar)i Peyshns Filips
Turi inson
Boʻyi 175 sm
Vazni 60 kg
Koʻz rangi Yashil
Soch rangi Qora
Tavallud sayyorasi Yer
Oilaviy ahvoli Batman ga turmushga chiqmoqchi
Qobilyatlari
  • Oʻgʻrilik boʻyicha mutaxassis
  • Qoʻl bilan jang qilishda tajribali
  • Tajribali gimnast
  • Oʻtkir tirnoqlarga ega
Ittifoqchilari va dushmanlari haqida maʼlumot
Guruh va tashkilotlar Batman oilasi
Adolat Ligasi
Ittifoqchilari Batman
Harley Quinn
Poison Ivy

Toʻqima tarjimai holi

tahrir
 
Selina Kaylning ilk bora "Batman" komikslarida paydo boʻlishi (1940-yil)

Selina Gothamning qashshoq kvartallaridan birida tugʻiladi. Onasi Selina va singlisi Meggiga e'tiborsiz edi, u koʻproq oʻz mushuklari bilan ovvora boʻladi; Selina olti yoshligida onasi oʻz joniga qasd qiladi. Yana olti yildan keyin piyonista otasi Brayan Kayl ham vafot etadi. Opa singillarni turli oilalar oʻz qaramogʻiga oladi, ular uzoq yillar bir-birlarini koʻrmaydilar. Oxir oqibat Selina mehribonlik uyiga tushib qoladi. Mehribonlik uyining qattiqqoʻl direktoriga oʻziga bino qoʻygan bu qiz yoqmaydi, uni doimiy ravishda kaltaklab, xonasiga qamab qoʻyadi Lekin Selina boʻsh kelmadi: u oʻzining gimnastik mahorati va kuzatuvchanligini ishga solib, qulflarni ochishni va xavfsizlik tizimlarini chetlab oʻtishni oʻrgandi. Avval u shunchaki tomga chiqib toʻkin hayot haqida orzu qila boshladi.

Bir kuni Selina oʻgʻrincha direktorning xonasiga kirib mehribonlik uyi uchun ajratilayotgan pullarning direktor tomonidan talon-toroj qilinganligini bilib qoladi. Xavfli guvohdan qutulish maqsadida direktor xonim Selinani xushdan ketkizib, qopga soladi-da, okeanga uloqtiradi. Okeanning sovuq suvidan seskanib qiz xushiga keladi va oʻlimdan saqlanib qoladi. U direktorning sirini ochishga tahdid qilib muassasada oʻzi haqida saqlanayotgan barcha qaydlarni oʻchirtiradi, u yerda yashayotgan barcha qizlarni ozod qiladi. Soʻng oʻzi uchun eng kerakli va xavfsiz deb bilgan hayotga - oʻgʻrilar hayotiga talpinadi.[1]

Selina Gothamning East-End kvartalida yashay boshlaydi va Holly ismli yosh foxishani oʻz qaramogʻiga olib, unga oʻz singlisidek munosabatda boʻladi. Oʻgʻriliklar orasida politsiyadan yashirinish maqsadida oʻzini Hollyning hamkasbidek koʻrsatadi. Tasodifan u qoʻlsiz senseyning shogirdlari boʻlgan nindzyalar guruhini uchratib qoladi va bu guruhga qoʻshilishni istaydi. U sensey tomonidan shogirdlikka qabul qilingan birinchi ayol boʻladi. Tez orada oʻz "sinfidagi" eng mahoratli shogirdga aylanadi. Undan avvalgi 1-raqamli shogird hisoblangan Kay unga hasad qila boshlaydi. Kay Selinaga hujum qilishga urinadi lekin bundan oʻz yuzi uchun chandiqlar ortdirib oladi, xolos. U Selinani "Mushuk ayol" deya haqoratlaydi, oʻziga esa Hellhaund ("oʻzbekcha: doʻzax iti") laqabi nasib etadi. Selina shaharda yangi paydo boʻlgan Koʻrshapalak odamdan ilhomlanib, oʻzi uchun yangi - "Mushuk ayol" kostyumini tayyorlaydi.[2]

Oʻgʻrilik faoliyatining avvalgi yillarida Selina boy xonadonlarga muammosiz kirib olish va u yerdan kerakli deb hisoblagan buyumlarini olib ketish uchun oʻzini foxisha qiyofasida koʻrsatadi. "Birinchi yil"da u 18 yoshli malakali foxisha sifatida tasvirlanadi. Ueyn oʻzining adolat uchun kurashuvchi birinchi kechasida hech qanday kostyumdan foydalanmaydi, u Selinaga qoʻshmachilik qiluvchi Sten va yoshgina Holly bilan janjallashib qoladi, Batmanga qarshi Selina ham janjalga qoʻshiladi. Keyinroq, bu qahramon Betmen kostyumida yonayotgan omborda politsiyadan qochganida Selina va Holly uning harakatlarini kizatishadi, Selina bundan ilhomlanib oʻzi uchun mushuk kostyumini yaratadi va toʻlaqonli oʻgʻriga aylanadi.[3]

Biroz keyingi komikslarda bir necha marta Mushuk ayol va Batman oʻrtasidagi ishqiy munosabatlar koʻrsatib oʻtilgan. Vaqtlar oʻtib Selina oʻgʻrilik ishini oʻzgartirib qahramonga aylanadi. Keyinroq ma'lum boʻlishicha, bu qarorga kelishiga Zatanna sababchi boʻladi. Oʻz qahramonligi davrida Mushuk ayol jinoyatchi Qora niqobni otishga va qiz farzandli boʻlishga ulguradi. Farzandining hayoti xavf ostida qolishidan qoʻrqib uni boshqalarga berib yuboradi. Keyinroq u Zatannadan Helena va Mushuk ayol hayoti haqidagi xotiralarni oʻchirishini soʻraydi.[4]

Robert Aspin, Linn Ebbi - Mushuk ayol / Catwoman (1992) - roman voqealari boshqa voqe'liklar silsilasiga ta'sir etmagn holda, alohida epizod bilan ayni muhitda boʻlib oʻtadi. Selina Kayl - ishsiz. Batman bilan munosabatda befarq ammo umumiy dushmanlarga ega.

Kuch va salohiyati

tahrir

Mushuk ayol juda yaxshi sport va akrobatik tayyorgarlikka ega. Chidamli, epchil, egiluvchan va yashirina olish qobiliyatlariga ega. Uni jang san'atiga Yovvoyi mushuk oʻrgatgan. Mushuk ayol mushuklar bilan uzviy aloqaga ega, mushuklar uni koʻrganlarida oʻz doʻstlari ekanligini tezda anglaydilar va turli holatlarda yordam ham beradilar.

Muqobil versiyalar

tahrir

Flashpoint voqealari davomida Selina Orakul taxallusli qahramon sifatida gavdalanadi. U Jokerni va Xarvi Dentaning yoʻqolgan farzandlarini topishda James Gordon va Batmanga (bu silsilada u Bryusning otasi hisoblanadi) yordam beradi.[5]

Boshqa ommaviy axborot vositalarida

tahrir

Batman

tahrir

Batmanning qaytishi

tahrir

"Batmanning qaytishi" filmida Selina Kaylning hayoti butunlay boshqacha tarzda bayon etiladi. Endi u Gotem koʻchalarida ulgʻaygan oʻgʻri ayol emas, Maks Shrekning kotibasi. U Maksning jinoiy harakatlarini sezib qoladi. Qoʻliga bu haqdagi dalillar tushgan vaqtida Maks uni derazadan itarib yuboradi. Selina koʻchadagi daydi mushuklar tomonidan qayta tiriltiriladi va ularning ayrim qobiliyatlarini oʻzlashtiradi. Oʻzi uchun qora yaltiroq kostyum tayyorlaydi, qamchi va tikuv mashinkasining ignalaridan tayyorlangan qoʻlbola tirnoqlar yordamida qurollanadi. Oʻz boshligʻidan oʻch olish maqsadida Gotham koʻchalarida kezadi, ikkinchi oʻrindagi yovuz qahramonga va Pingvinning sherigiga aylanadi. Mushuk ayol Maks Shrekni oʻldirish maqsadida bir qoʻl bilan quchoqlaydi va boshqa qoʻli bilan transformatorning simini ushlaydi. Tok urishi oqibatida oʻlar holga keladi. Film soʻngida, Gotham uzra Batmanning Bat-signali yangragan vaqtda Mushuk ayol yana tomlar ustida oʻrmalab yuradi. Selina komikslarda qora sochli, filmlarda asosan sariq sochli koʻrinishda gavdalanadi.

Mushuk ayol

tahrir

""Mushuk ayol"" filmida Selinaning tarixi butunlay inkor etilgan. Endi u oddiy kosmetik dizayner Peyshns Fillips koʻrinishida gavdalantiriladi. U ish beruvchilari tomonidan taqdim etilayotgan kremning sirini bilib qoladi va oʻldiriladi. Uni Yarimtun laqabli mau zotli uy mushugi boshchilik qiluvchi mushuklar toʻdasi qayta tiriltirishadi. Avval u faqat kechalari oʻzini mushuklardek tutadi, keyinroq oʻzining qobiliyatlaridan foydalanib tungi super qahramonga aylanadi. Uning kostyumi qora charm siynaband, qora shim, uchi ochiq qora tufli, olmos tirnoqlar bilan bezalgan qora qoʻlqop va mushuk niqobidan tarkib topadi. Film syujetiga koʻra Peyshns yagona Mushuk ayol hisoblanmaydi, uning oʻtmishdoshlari Qadimgi Misr davridan buyon qahramonliklar koʻrsatishgan boʻladi. Film davomida Peyshns politsiyachi Tom Loun bilan ishqiy munosabatda boʻladi.

Qora Ritsar

tahrir

Qora Ritsar: Afsonaning qaytishi

tahrir

Tasvirga olish ishlari va kasting

tahrir

"Mushuk ayol" roli uchun Kristofer Nolan oʻz roʻyxatiga Kira Naytli, Jessika Bil, Keyt Mara kabi aktrisalarni kiritgan. Ammo bu rolga Enn Heteuey tasdiqlangan.[6] Suratga olish ishlarida qatnashgan Enn Heteuey bu rolning jismoniy jihatdan oʻta mushkul kechayotgani ayniqsa aktrisa uchun maxsus tayyorlangan Mushuk ayol kostyumini kiyish qiyin ekanligi haqida gapirib oʻtadi[7]. Aktrisa rolga toʻlaqonli moslashish uchun haftada besh kun mashqlar bajaradi: kuniga 4 soat davomida jismoniy mashqlar va turli tryuklarni va yana bir yarim soat raqs harakatlarini oʻrganib boradi[8].

Syujetdagi rol

tahrir

Bu filmda Selina Kayl antiqahramon sifatida gavdalanadi. Uning oʻtmishi ochib berilmaydi lekin film voqealari davomida aniq boʻlishicha u oʻgʻrilik bilan koʻpdan beri shugʻullanadi. Uni poraxoʻr biznesmen Jon Dagget Bryus Ueynning barmoq izlarini oʻgʻrilash uchun yollaydi, buning evaziga u Selinaga barcha ma'lumotlar bazalaridan u haqdagi ma'lumotlarni oʻchirib yuboradigan "Dogʻsiz sahifa" dasturini va'da qiladi. Selina bu ishni uddalaydi, qoʻshimchasiga u Ueynning marhuma onasiga tegishli boʻlgan marvarid taqinchoqni ham oʻgʻirlaydi. Ueyn oʻgʻrilikni sezib qoladi va oʻgʻrini qoʻlga tushiradi ammo u qochib qoladi. Mushuk ayol barmoq izlarni Daggetning odamlariga topshiradi, ular Selinani yoʻqotmoqchi boʻladilar lekin u ayyorlik bilan pistirmadan qutulib qoladi. Selina oʻziga va'da qilingan dasturni olish maqsadida (aslida endi bu dasturning borligiga shubha qila boshlaydi) Daggetning uyiga kirib unga hujum qiladi ammo unga Beynning odamlari tashlanib qolishadi. Qayta Batmanga aylangan Bryus qizga yordam beradi va unga Beynning qarorgohini koʻrsatishi evaziga "Dogʻsiz sahifa"ni taklif etadi. Qiz rozi boʻladi ammo bu pistirma boʻlib chiqadi: yovuz qahramon qizga tahdid qiladi va qiz Batmanni aldab Beynga asir tushishiga sababchi boʻladi. Besh oy oʻtib Batman yana Beyn tomonidan bosib olingan Gothamga qaytadi va yana Mushuk ayolning adolat tarafida ekanligiga umid qilgan holda unga sheriklikni taklif qiladi. Batman unga ichida "Dogʻsiz sahifa" dasturi boʻlgan fleshkani taqdim qiladi va shaharni Soyalar Ligasidan ozod qilishda yordam berishini soʻraydi. Buning uchun Batman Selinaga Batpodni beradi va oʻzi Bat uchish qurilmasidan foydalanadi. Mushuk ayol Batmanga Soyalar Ligasi qoʻshinidan qutulishiga koʻmak beradi va Betpodning oʻqotar qurolidan Beynni otib Batmanning hayotini saqlab qoladi. Film soʻngida Bryus Beynning bombasini oʻzi bilan olib ketishi oldidan Selina Bryusga boʻsa hadya etib, unga boʻlgan oʻz hislarini bildiradi. Portlash bilan oʻz oʻlimi voqeasini uyushtirgan Bryus jinoyatchilik bilan kurashini yakunlaydi va Selina bilan Yevropaga borib birga yashay boshlashadi. Film davomida Selinani bir marta ham Mushuk ayol deb atashmaydi (bu ism faqat roʻznomalarda uchraydi). Ammo u film bilan bogʻliq turli mollarda Mushuk ayol deya ataladi. Uning koʻz niqobiga skaner-koʻzoynak ham ilova qilingan. Bu buyum foydalanilmagan vaqtda bosh ustida turib, mushuk quloqlarini eslatadi. Qamchi oʻrniga Selina pistolet va etigidagi oʻtkir poshnalar bilan qurollangan. Selinaning xarakterida ham ayrim oʻzgarishlar bor: u kerak deb bilgan vaqtida insonlarni oson oʻldira oladi.

Batman Supermanga qarshi

tahrir

Zak Snayderning filmida ayrim oʻrinlarda Mushuk ayolga ishoralar bor: Bryus Ueyn ma'lumotlar omborrini oʻgʻirlayotgan Diana Priceni qoʻlga tushirgan vaqtda "Senga oʻxshaganlarni uchratganman" deb aytadi. Bu DC Kengaytirilgan Koinotida Selina Kylening borligiga ishoradir.

Gothamlik Selina

tahrir

Televideniya

tahrir

"Gotham" televizion serialida Selina rolini yosh aktrisa va raqqosa Kamren Bikondova ijro etgan. Serial voqealari asosan Bryusning ota-onasi vafot etgan davrlarga toʻgʻri kelgani uchun bu yerda Selina 13 yoshda aks etadi. U koʻchada yashab, oziq-ovqati uchun mayda oʻgʻriliklarga qoʻl urib turadi. Wayne'larning oʻldirilishiga guvoh boʻladi va buni Gordonga aytish evaziga bolalar qamoqxonasidan ozod boʻladi.

Animatsion filmlar

tahrir

Batman: Birinchi yil

tahrir

DC peshlavhasi: Mushuk ayol

tahrir

Mushuk ayolga bagʻishlangan qisqa metrajli film.

Lego film: Batman

tahrir

2014-yil yaratilgan "The Lego Movie" multfilmining komediyali spin-offi. Mushuk ayol bu filmda yovuz qahramonlar guruhida boʻladi. Fimda Mushuk ayolga Zoi Kravits ovoz bergan.

  • "Batman: Niqobli ritsarlarning qaytishi" multfilmida asosiy yovuz qahramonlardan biri boʻladi.

Videooʻyinlar

tahrir

Mushuk ayol Batman haqidagi koʻplab kompyuter oʻyinlarida ishtirok etadi. Ayrim oʻyinlarda u bosh qahramonning raqibi, ayrimlarida esa ittifoqchisi sifatida qatnashadi.

Manbalar

tahrir
  1. Catwoman Vol.1 #00
  2. Catwoman Vol.1 Annual #02 (1995)
  3. Batman #404-407
  4. Catwoman Vol.2 #49-52, 62, 71-72
  5. Flashpoint: Batman: Knight of Vengeance 2: Part Two
  6. Jensen, Jeff „'The Dark Knight Rises' scoop: Anne Hathaway, Tom Hardy join cast“. Entertainment Weekly (19-yanvar 2011-yil). 2012-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-oktyabr.
  7. Ford, Rebecca „Anne Hathaway: 5 Things to Know About the New Catwoman“. The Hollywood Reporter (5-avgust 2011-yil). 2012-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Anne Hathaway's New World: The Interview“. Harper’s Bazaar (27-iyun 2011-yil). 2012-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir