Musiqa lugʻati — musiqashunos Ilyos Akbarov tomonidan tuzilgan ilk oʻzbek tilidagi musiqiy lugʻat[1].

Musiqa lugʻati
Muallif(lar) Ilyos Akbarov
Muharrir(lar) Toʻxtasin Gʻofurbekov
Mamlakat SSSR bayrogʻi OʻzSSR (1-nashri)
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston (2-nashri)
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i Lugʻat
Nashr etilgan sanasi 1987-yil
Nashriyot „Gʻafur Gʻulom“ nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti

Mazmuni

tahrir

Mazkur lugʻatda musiqa sohasining koʻplab tarmoqlari, jumladan, musiqa nazariyasi, janrlari, shakllari, xususan kuy, garmoniya, polifoniya, orkestrlashtirish, xalq ijodiyoti, musiqa akustikasi, musiqa ijrochiligiga oid terminlar jamlangan. Shuningdek, musiqa asboblarining tasvirlari, 600 ga yaqin terminlar, nota misollari va turli jadvallar bilan yanada boyitilgan.

Yaratilishi

tahrir

Lugʻatni tuzishda Arkadiy Ilich Ostrovskiyning „Краткий музыкальный словарь“ (1949), Aleksandr Naumovich Doljanskiyning „Краткий музыкальный словарь“ (1955), V.S.Shteypress va Izrail Markovich Yampolskiy hamkorlikda tuzgan „Энциклопедический музыкальный словарь“ (1966), Tatyana Kruntyayeva, Natalya Molokova va Aleksandr Stupellarning „Словарь иностранных музыкальных терминов“ kabi rus musiqashunoslarining adabiyotlaridan[1] hamda Isʼhoq Rajabovning „Maqomlar masalasiga doir“ monografiyasidan foydalanilgan[2].

Nashrlari

tahrir

Dastlabki nashr 1987-yilda „Gʻafur Gʻulom“ nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chiqarilgan[1]. Lugʻatning tuzatilgan va kengaytirilgan 2-nashri esa 1997-yilda „Oʻqituvchi“ nashriyotida chiqarilgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Ilyos Akbarov. Muzika lugʻati Toʻxtasin Gʻofurbekov: . Toshkent: „Gʻafur Gʻulom“ nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987 — 332-bet. 
  2. 2,0 2,1 Ilyos Akbarov. Musiqa lugʻati, 2 Toʻxtasin Gʻofurbekov: . Toshkent: „Oʻqituvchi“ nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.