Musiqaning elementar nazariyasi
Qadamboy Rahimov qalamiga mansub kitob
„Musiqaning elementar nazariyasi“ – oʻzbekistonlik dirijyor, bastakor va musiqachi Qadamboy Rahimov qalamiga mansub musiqa nazariyasi boʻyicha kitob. 2007-yil Toshkent shahrida „Musiqa“ nashriyotida chop etilgan. Asardagi materiallar ham lotin, ham kirill yozuvida berilgan.
Muallif(lar) | Qadamboy Rahimov |
---|---|
Til | oʻzbekcha |
Janr(lar)i | qoʻllanma |
Nashr etilgan sanasi | 2007 |
Nashriyot | „Musiqa“ |
Sahifalar soni | 158 |
ISBN | ISBN 978-9943-307-19-3 |
Kitob oliy oʻquv yurtlari uchun oʻquv qoʻllanma oʻlaroq tayyorlangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tavsiyasi bilan koʻplab oʻquv yurtlarining musiqa nazariyasi boʻyicha oʻquv dasturlaridan oʻrin olgan[1].
„Musiqaning elementar nazariyasi“ qoʻllanmasida musiqa nazariyasidagi asosiy tushunchalar qisqa izohlar, misollar va jadvallar yordamida yoritilgan. Asar yakunidan qisqa adabiyotlar roʻyxati oʻrin olgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Urmanova, L. „Musiqa nazariyasi“. Urganch davlat universiteti (2011). 2024-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyun 2024-yil.
Havolalar
tahrir- „Musiqaning elementar nazariyasi boʻyicha mashq va vazifalar toʻplami“ Ziyouz saytida[sayt ishlamaydi]