Muskul sistemasi - muskullar va ularning tutamlari majmui; odatda, biriktiruvchi toʻqima bilan birlashgan boʻladi. Harakatlanishda asosiy rol oʻynaydi. Bir hujayralilar va bulutlarda Muskul sistemasi boʻlmaydi, umurtqalilarda esa yaxshi rivojlangan (gavdaning 1/3—1/2 qismini tashkil etadi). Organizmning harakatlanishini, gavda muvozanatini, shuningdek, nafas olishni, organizmda ovqat va qonning siljishini taʼminlaydi. Muskul sistemasi toʻqimalarida kimyoviy energiya mexanik energiyaga aylanadi, natijada organizm bilan atrof muhit oʻrtasida issiklik almashinib turadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil