Muslim ibn Kasir al-Azdiy
Muslim ibn Kasir al-Azdiy (arabcha: مسلم بن کثیر ازدی) – al-Aʼroj nomi bilan mashhur sahoba. Husayn ibn Alining hamrohlaridan biri. Karbalo jangida halok boʻlgan.
Muslim ibn Kasir Azdi مسلم بن کثیر ازدی | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 680-yil 10-oktyabr (hijriy 61-yil Muharram oyining 10-kuni) |
Oʻlim sababi | Karbalo jangida shahid boʻlgan |
Karbalo, Iroq | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Hussain ibn Alining hamrohi |
Hayoti
tahrirMuslim ibn Kasir Ali ibn Abu Tolibning hamrohi boʻlgan. Bir qancha janglarda, jumladan, Jamol jangida Aliga hamrohlik qilgan. Amr ibn Dabba at-Tamimiy tomonidan jarohat olib, oyogʻi falaj boʻlib qolgani uchun[1] uni al-Aʼroj deb atashgan[2].
Karbalo jangi
tahrirMuslim ibn Kasir Husayn ibn Aliga xat yozib, uni Kufaga taklif qilganlar orasida boʻlgan. Kufada Muslim ibn Oqilga yordam bergan, Muslim yolgʻiz qolganidan keyin Kufadan[3] chiqib, Karbalo yaqinida Husaynga qoʻshilgan va Umar ibn Saʼd qoʻshinlarining birinchi hujumida halok boʻlgan[4].
Uning nomi Husaynning „Ziyorat ar-Rajabiyya“sida Sulaymon nomi bilan zikr qilingan: „Sulaymon ibn Kasirga assalomu alaykum“[5].
Manbalar
tahrir- ↑ Maḥallātī (ذبیحالله محلاتی). Fursān al-hayjā (فرسان الهیجاء). Tehran, Iran: Nashr Tehran — 36-bet.
- ↑ Muhammad b. Tahir al-Samawi al-Najafi. Ibsar al-ayn fi ansar al-Husayn. Haydariyya Printing House, 1923 — 185-bet.
- ↑ Al Klid Dar, Muhammad Hussain Mustafa. Madīnat al-Ḥusayn (مدینة الحسین(ع) او مختصر تاریخ کربلاء) — 60-bet.
- ↑ Muḥammad ibn ʻAlī Ibn Shahrāshūb. Manāqib Āl Abī Ṭālib. Dhawī al-Qurbá. ISBN 9646307299.
- ↑ Ali b. Musa b. Ja'far b. Tawus „ʿAlī b. Mūsā ibn Ṭāwūs and His Polemic against Sunnism“, . Iqbal al-a'mal. Brill, 24 April 2020 — 300–326-bet. DOI:10.1163/9789004406971_018. ISBN 978-90-04-40697-1.