Mustahab
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mustahab (arab. — sevilgan, yoqtirilgan) — sharʼiy amal; uni bajargan kishi savobli boʻladi, bajarmagan kishi gunohkor boʻlmaydi. Sharʼiy hukmlar kitoblarida moʻminmusulmonlar qilishlari maʼqul boʻlgan oʻnlab M. amallar (nafl namozlarini oʻqish, nafl roʻzasini tutish, sadaqalar berib yurish, turmushda oddiy odob qoidalariga rioya etish, atrofdagi odamlar uchun turli foydali ishlar qilish va hokazo) koʻrsatib oʻtilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |