Mustamlakachilik - kuchli davlatlar tomonidan zoʻrlik bilan egallangan mamlakat yoki hududni siyosiy va iqtisodiy mustaqillikdan mahrum etib, oʻziga boʻysundirish, qaram qilish, talash siyosati. 15-asr oxirida Yevropa davlatlari (Portugaliya, Ispaniya, Angliya, Fransiya, Gollandiya) ana shunday siyosat yurita boshlaydilar. Bunday amaliyot 20-asr boshida avjiga chikdi, natijada dunyoning katta qismi bir necha imperiyalar oʻrtasida boʻlib olindi. Bu davrga kelib eski mustamlakachi davlatlar yoniga yangilari: AQSH, Germaniya, Belgiya, Yaponiya, Rossiya qoʻshildi. Ikkinchi jahon urushi (1939—45) tufayli kuchayib ketgan milliy ozodlik harakatlari sanoqli yillar ichida mustamlaka imperiyalarini tezda yemirilib, qulashiga olib keldi. BMTning Bosh Assambleyasi mustamlaka mamlakatlari va xalqlariga mustaqillik berish toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qildi (1960), unda M. insoniyatga qarshi jinoyat sifatida baholanadi. 20-asrning 60-yillari boshida oʻnlab sobiq mustamlakalar mustaqillikka erishishdi va suveren davlatlarga aylandi. Jumladan, "Afrika yili" deb nom olgan 1961-yilda qitʼaning 21 davlati mustaqillikka erishgan edi. Hozirgi vaqtda ayrim kichik hududlar (asosan, orol qududlari) AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Niderlandiya va boshqa mamlakatlar hukmronligi ostida qolib kelmoqda. Lekin bu hududlarning axoliyey metropoliya aholisi huquqlariga oʻxshash yoki unga yaqin huquqlarga ega boʻldi, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarishdan keng foydalanadi, metropoliya mamlakatlaridan moliyaviy-iqtisodiy yordam oladi. Shu bois tom maʼnoda M. amalda yoʻqolgan, deyish mumkin. 19- va 20-asrda Rossiya imperiyasi, soʻng sobiq SSSRham M. siyosatini olibbordi. 1991-yil SSSR parchalanib uning oʻrnida mustaqil taraqqiyot yoʻlini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi. Oʻzbekiston M. dan xalos boʻlib, mustaqillikka erishgani ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz beradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil