Mustaqillik maydoni (metro bekati)
Mustaqillik maydoni – Toshkent metropolitenining Chilonzor yoʻli bekatlaridan biri. Paxtakor va Amir Temur xiyoboni bekatlari orasida joylashgan. Toshkent metropolitenining ilk bekatlaridan biri hisoblanadi.1977-yil 6-noyabrda ishga tushgan[1].
«Mustaqillik maydoni» Mustaqillik maydoni | |
---|---|
![]() | |
Ochilish sanasi | 6-noyabr 1977-yil |
Avvalgi nomlari | «Площадь Ленина» |
Tuman | Yunusobod tumani |
Turi | Kolonnali |
Platformalar soni | 1 |
Platformalar uzunligi | 102 |
Platforma meʻmorlari | Leon Adamov, Sobir Odilov |
Koʻchalarga chiqish |
Oʻzbekiston prezidenti qarorgohi Mustaqillik maydoni Sanʼat galereyasi Oʻzbekiston milliy axborot agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yoshlar ijod saroyi Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasi "Hyatt Regency Tashkent" mehmonxonasi Poytaxt biznes markazi Romanov saroyi |
Avvalgi bekat | Amir Temur |
Keyingi bekat | Paxtakor |
Mustaqillik maydoni |
Tarixi
tahrir1991-yil 1-noyabrgacha „Lenin maydoni“ deb nomlangan.
Koʻrinishi
tahrir„Mustaqillik maydoni“ oʻzbek milliy naqshlari bilan bezatilgan. Vestibyullardagi ustunlar va devorlar marmar plitalari bilan qoplangan. Pastki qismi jilolangan granit plitalari bilan qoplangan.
Stansiyaning oq ustunlari Nurota marmar plitalari bilan qoplangan, devorlari och pushti Gʻozgʻon marmaridan qilingan. Devorning pastki qismi qizil granit bilan bezatilgan.
Pol qismiga milliy uslubdagi qizil va kulrang granitdan sayqallangan naqshli plitalar yotqizilgan.
Gumbazdagi billur qandillar perimetr bo‘ylab shiftga osilgan. Zalning o‘rtasida katta billur qandil joylashgan.
Metro bekati ispan qirollik juftligi – Juan Carlos I va Sofiyaning[en] Toshkentga tashrifi chog‘ida taqdim qilingan[2].