Mustazod (arab.) — lirik janr. Mustazodda uzun misralar (14 va undan ortiq boʻgʻinli) qisqa misralar (6 boʻgʻinli) bilan oʻzaro almashib keladi. Uzun misra uzun misra bilan, qisqa misra qisqa misra bilan qofiyalanadi. Bir bandda misralar soni har xil (2 misradan 10 uzun va qisqa misragacha) boʻlishi mumkin. Qofiyalanish tizimi: birinchi band (muxammasda) — ab, ab, ab, ab, ab; ikkinchi band — vg , vg , vg , vg , ab; uchinchi — de, de, de, de, ab... va shahrik. Agar mustazod ikki juft misra iborat boʻlsa, birinchi bandda qofiya kesishuvchi — ab, ab; keyingilarida birinchi misralar qofiyalanmay, ikkinchilari birinchi banddagi qofiyani takrorlaydi. Mustazod Mashrab ijodida koʻp uchraydi.Alisher Navoiy, Ogahiylar ham mustahzod

yaratgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil