Musulmonlar byurosi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Musulmonlar byurosi (Musbyuro) — Turkiston milliy kommunistlari tomonidan tashkil qilingan rahbar tashkilot (1919—20). Turkiston Kommunistik partiyasi (TKP)ning 2-oʻlka konferensiyasida — T. Risqulov (rais), N. Xoʻjayev, A. Muqitdinov, Y. Ibrohimov, Yu. Aliyev (aʼzolar)lardan iborat tarkibda tuzildi (1919.30.03, Toshkent). 1918-yil 1 va 6-aprelda TKP oʻlka komitetining vazifa va funksiyalarini belgilab berdi. Musulmonlar byurosiga "Ishtirokiyun" (hozirgi "Oʻzbekiston ovozi") gaz.siga muharrirlik qilish vazifasi yuklatildi. 1918-yil 23-aprelda boʻlgan yigʻilishida Fargʻona vodiysidagi keskin siyosiy vaziyat mu-hokama qilindi: sovet hokimiyatidan vaziyatni barqarorlashtirish, iqtisodiyotni tiklash uchun qoʻrboshilar va ularning yigitlariga umumiy afv eʼlon qilish, aholini tinch mehnatga qaytarib vayron qilingan xoʻjalikni qayta tiklash, sovet tashkilotlari va kizil armiya saflarini millatchilik, buyuk davlatchilik shovinizmi va mustamlakachilik ruhidagi unsurlardan tozalash, arman dashnokdarini qurolsizlantirish (qarang "Dashnaqsutyun"), milliy zulmga chek qoʻyish, Fargʻona vilo-yatiga maxsus komissiya yuborish kabi keskin talablarni qoʻyishdi.
Musulmonlar byurosi oʻz saflariga milliy rahbarlarni birlashtirib, sovet rejimining mustamlakachilik siyosatini tanqid qildi. Uning faoliyatida A. Avloniy va Munavvarqori ham ishtirok qildi. Musulmonlar byurosining soʻnggi 3-konferensiyasi (1920.20—27.1 )da Turkkomissiyaning tazyiqi bilan oʻz faoliyatini toʻxtatdi.
Adabiyot
tahrir- Musbyuro RKP (b.) v Turkestane, 1, 2 i 3 Turkestanskiye Krayevie Konferensii RKP. 1919—1920 gg. s vvedeniyem tov. Riskulova. T., 1922; Riskulov T., Revolyusiya i korennoye naseleniye Turkestana. Chast I. 1917-1919 gg., T., 1925; Rajabov Q., Haydarov M., Turkiston tarixi (1917— 1924-yil), T., 2002.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |