Mutanabbiy ko'chasi
Al-Mutanabbiy koʻchasi Iroq poytaxti Bagʻdodning markazida, Al-Midan hududidagi koʻcha yaqinida joylashgan. Al-Mutanabbiy koʻchasi Bagʻdod aholisi uchun madaniy bozor hisoblanadi. U yerda har xil sohadagi kitoblar sotiladi. Bu bozor odatda juma kunlari gavjum boʻladi. Bu yerda XIX asrga oid bosmaxona ham mavjud. Bundan tashqari nodir kitoblar va qoʻlyozmalarni oʻz ichiga olgan bir qancha kutubxonalar ham mavjud. Al-Mutanabbiy koʻchasining oxirida qadimgi Al-Shabandar kafesi va zamonaviy kitoblar va jurnallar sotiladigan bozor ham mavjud.
Al-Mutanabbiy koʻchasi Bagʻdod va Iroqning boshqa hududlaridek 2003-yilda Amerikaning Iroqqa bostirib kirishidan keyin bir necha portlashlarga duchor boʻlgan. 2007-yil 5-martda hujum natijasida 30 ta xaridor vafot etgan. Bundan tashqari koʻplab kutubxonalar va binolarni vayron qilgan.
Al-Mutanabbiy ko‘chasini qayta qurilishi
tahrirIroq fuqarolik jamiyati poytaxt Bagʻdoddagi Al-Mutanabbiy koʻchasini qayta tiklash uchun 100 ming dollar ajratdi. Al-Mutanabbiy koʻchasini qayta qurilishi uchun madaniyat vazirligi va Bagʻdod viloyat kengashidan qoʻshma qoʻmita tuzildi. 2008-yil 18-dekabr payshanba kuni Iroq bosh vaziri Nuri al-Malikiy, bir qator iroqlik yozuvchilar va rassomlar boshchiligida ushbu koʻcha tantanali ravishda qayta ochildi. Bag‘dod markazidagi qadimiy Al-Mutanabbiy ko‘chasi o‘zining yangi qiyofasida namoyon boʻldi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „امانة بغداد“ (2021-yil 15-iyun). 23. 11. 2021da asl nusxadan arxivlangan.