Mutavassit
“Mutavassit” – Abdurahmon Jomiyning muammoga oid asari. Toʻliq nomi – “Risolai mutavassit dar muammo” (“Muammo” ilmiga oid yozilgan hajmi oʻrtacha risola). Jomiy ushbu risolaning yozilishi sababini muammo qoidalari boʻyicha gʻazal yozgani, bu usul oldin mavjud boʻlmagani hamda oldin yozgan “Hulyat ul-hulal” risolasidagi muammoni yechish qoidalarini soddaroq qilib tushuntirmoqchi boʻlgani bilan izohlaydi.
Alisher Navoiy “Xamsat ul-mutahayyirin”da ushbu risola boʻyicha Jomiy huzurida taʼlim olganini qayd qiladi[1][2].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |