Muz kristall qattiq holatdagi suvdir. Tarkibidagi havo miqdoriga qarab qarab shaffof yoki oqish-koʻkish boʻlishi mumkin. Normal atmosfera bosimida suyuq suv muz fazasiga 0 °C (273.15 °K, 32 °F) haroratda oʻtadi. Baʼzan suv gaz holatdan toʻgʻridan-toʻgʻri muzga aylanishi mumkin (qirov).

Daraxt shoxlaridagi muz.

Muz — qattiq holatdagi suv. Muz asli shaffof, rangsiz, faqat katta xajmdagisi moviyroq rangda. Qor va qirov ham aslida muzdan iborat. Erish temperaturasi — 0°. Muzning 0°dagi zichligi 0,9168 g/sm³, yaʼni suvnikidan kamroq, shuning uchun suvda choʻkmaydi. Muzning molekulyar tuzilishi boʻshliqlarni vujudga keltiradi va shu tufayli uning zichligi kam. 0° dagi muzning erish issikligi 79,4 kal/g, sublimatsiya issikligi (qattiq holatdan toʻgʻridan-toʻgʻri bugʻga aylanishi) 677 kal/g, issiklik sigʻimi 0,487 kal/g. Toza muz elektr oʻtkazmaydi. Muz plastik massa, temperatura pasaygan sari pla-stikligi kamayadi. Yuqori bosim taʼsirida (2000 atm dan boshlab) muzning yangi krisgalli xillari vujudga keladi. Tabiatdagi muz suvga nisbatan ancha toza boʻladi, chunki muzda moddalar (1MN4Gʻdan tashqari) juda yomon eriydi. Muz tarkibida mexanik aralashmalar — qattiq zarralar, konsentratsiyalashgan eritmalarning tomchilari, gaz pufakchalari boʻlishi mumkin. Tuz kristallchalari va namakob tomchilari tufayli dengiz muzi shoʻrroq boʻladi. Yer sharida muzning umumiy zaxirasi 30 mln. km³ chamasida. Quyosh sistemasidagi sayyoralar va kometalarda ham muz borligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Yer sharidagi muzning aksari qismi qutbiy oʻlkalarda, asosan, Antarktidada toʻplangan (bu yerda muzning qalinligi 4 km ga yetadi). Oʻrta Osiyo togʻlarining dengiz sathidan 3000 metrdan baland joylarida muzliklar bor. Tekisliklarda esa qish sovuq kelgan paytlarda daryo va boshqa suv havzalarida paydo boʻladi. Ana shunday paytlarda, mas, Sirdaryo quyilish joyidan boshlab 2000 km masofada muz bilan qoplanadi.

Muzning baʼzi xossalari boshqa moddalar xossalaridan keskin farq qiladi: bu esa tabiat jarayonlarida muhim rol oʻynaydi. Muz suvga nisbatan yengil boʻlganidan suv yuzidagi muzlar daryolarni va boshqa suv havzalarini tubigacha muzlab qolishdan saqlaydi. Muz (0,45) va xususan qorning (0,95) yorugʻlikni qaytarish xossasi katta boʻlganidan muz va qor bilan qoplangan hudud (har ikkala yarim shardagi yuqori va oʻrta kengliklarda yiliga oʻrta hisobda 72 mln. km² maydonni muz va qor qoplab yotadi) quyoshdan meʼyordagidan 65% kam issiqlik oladi va yer shari yuzasini sovitib turadigan kuchli manba hisoblanadi: hozirgi iqlim zonalari koʻp jihatdan ana shu manbaga bogʻliq.

Atmosfera, suv ichi va ustidagi, yer yuzasidagi va Yer poʻstidagi muz oʻsimlik hamda hayvonlarning yashash sharoiti va xayot faoliyatiga taʼsir qiladi. muz bir qancha tabiiy ofatlarni keltirib chiqaradi (uchuvchi apparatlar, kemalar, inshootlar, temir yoʻl va tuproqning muzlashi, doʻl urish, qor boʻronlari, qor bosishi, dare oʻzaniga muz tiqilib qolib toshqin boʻlishi, ekinlarni sovuq urishi va hokazo). Bunday zararli hodisalarni oldindan aytib berish, ularga qarshi kurashish va muz dan turli maqsadlarda foydalanish (dalalarda qorni tutib qolish, muzdan kechuvlar, izotermik omborxonalar yasash, omborlarning yuzini qoplash va hokazo), gidrometeorologik va muhandisliktexnik bilimlarning, maxsus xizmatlar (muz razvedkasi, qor koʻchkilarini koʻchirish, doʻlga qarshi kurash ishlari)ning vazifasidir. Sport musobaqalari oʻtkazish maqsadida sunʼiy yaxmalaklar ishlanadi. Tabiiy muzdan oziq-ovqat mahsulotlarini, biologik va tibbiy preparatlarini saqlash hamda muzlatishda foydalaniladi. Muzlarning yigʻindisi Yerning uzlukli poʻsti — kriosferani xrsil qiladi, ularning eng koʻp soni muzliklar shaklida mavjud. Muzni oʻrganish bilan glyasiologiya, geokriologiya, qisman gidrologiya, meteorologiya va iqlimshunoslik fanlari shugʻullanadi[1].

Tabiatda muz qor, doʻl, qirov, aysberg kabi koʻrinishlarda tarqalgan.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil