Muzaffarbek Madrahimov
Madrahimov Muzaffarbek Anvarbekovich – oʻzbek diplomati[1]. 2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari[2]. 2014-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekistonning Birlashgan millatlar tashkilotidagi doimiy vakili boʻlgan[3][4].
Madrahimov Muzaffarbek Anvarbekovich | |
---|---|
Muzaffarbek Madrahimov (2024) | |
Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili | |
Mansab davri 2014-yildan – 2017-yilgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Dilyor Hakimov |
Vorisi | Baxtiyor Ibragimov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
18-mart 1972-yil Toshkent |
Biografiyasi
tahrir1996-2014-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi attashesi, tashqi ishlar vaziri oʻrinbosarining yordamchisi, AQShdagi elchixonasi attashesi, birinchi kotibi, Yaponiyadagi elchixonasida maslahatchi, Tashqi ishlar vazirligi kotibiyati boshligʻi, tashqi ishlar vazirining maslahatchisi, Oʻzbekistonning AQShdagi elchixonas maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
2014-yildan 2017-yilgacha Oʻzbekistonning BMTdagi doimiy vakili[5].
2017-yildan 2023-yilgacha – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi[6].
2023-yildan Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.
Manbalar
tahrir- ↑ „TIV tuzilmasida muhim lavozim tayinlovi ro‘y berdi“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Tashqi ishlar vazirining yangi oʻrinbosarlari tayinlandi
- ↑ Ministerstvo inostrannix del Respubliki Uzbekistan – Diplomaticheskie predstavitelstva za rubejom (Wayback Machine saytida 2016-04-10 sanasida arxivlangan).
- ↑ „Президент Ислам Каримов назначил Музаффара Мадрахимова Постоянным представителем Узбекистана при Организации Объединённых Наций (г.Нью-Йорк).“. 2014-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-dekabr.
- ↑ Oʻzbekistonning BMTdagi vakolatxonasi xodimlari (ingl.)
- ↑ Boshqarmalar, 2018-09-06da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-09-06