Muzikalnaya chayxana

1988-yilda „Yalla“ guruhi ijro etgan qoʻshiq

Muzikalnaya chayxana“ (ruscha: Музыкальная чайхана, yaʼni „Musiqiy choyxona“) — „Yalla“ sovet va oʻzbek guruhi ijro etgan qoʻshiq. Shunchaki „Chayxana“ (ruscha Чайхана, yaʼni „Choyxona“) deb ham nomlanadi. Guruhning 1988-yil eʼlon qilingan shu nomli albomiga toʻqqizinchi trek oʻlaroq kiritilgan. kuyini guruh solisti Farruh Zokirov bastalagan, matnini esa rus shoiri Yevgeniy Berezikov yozgan[1][2].

„Muzikalnaya chayxana“
Yalla qoʻshigʻi
„Muzikalnaya chayxana“ albomidan
Til ruscha
Chiqarilgan sanasi 1988
Janr estrada
Davomiyligi 3:46
Matn muallif(lar)i Yevgeniy Berezikov
Bastakor(lar) Farruh Zokirov
Muzikalnaya chayxana“ xronologiyasi
„Boroda verblyuda“ Muzikalnaya chayxana

„Muzikalnaya chayxana“ qoʻshigʻi „Yalla“ guruhi repertuaridagi eng taniqli taronalarning biridir. Qoʻshiq eʼlon qilinishi ortidan butun Sovet Ittifoqi boʻylab shuhrat qozongan. Guruh qoʻshiqni „Pesnya-88“ butunittifoq telefestivali finalida ijro etgan. Ashulani bugunga qadar bir necha xonanda, jumladan, oʻzbek qoʻshiqchisi Shahzoda hamda oʻzbek-rus qoʻshiqchi Sugʻdiyona kaver qilgan.

Manbalar

tahrir
  1. „Ялла – Музыкальная Чайхана“ (ruscha). Discogs. Qaraldi: 1-iyul 2022-yil.
  2. Yoqubov, Baxtiyor „“ЯЛЛА” − биринчи ўзбек миллий эстрада гуруҳи“. UzAnalytcs (21-may 2019-yil). Qaraldi: 21-avgust 2022-yil.

Havolalar

tahrir