Muzlik davri

Yerning geologik tarixidagi davr

Muzlik davri — Yerning geologik tarixida nisbatan uzoq, davom etgan davr. U davrda iqlimning umumiy nisbiy sovishi natijasida juda sovuq boʻlgan vaqt (bunda yirik materik muzliklari vujudga kelgan) iliq iqlimli vaqt bilan koʻp marta almashinib turgan. Iqlim iliqlashganda (muzliklararo davr) materik muzliklarining koʻp qismi erib ketgan. Shimoliy Amerikaning quyi proterozoyida, Afrika va Avstraliyaning yuqori rifeyida, Osiyo va Shimoliy Amerikaning vendida, Afrikaning ordovikida, Gondvana materigining karbon oxiri va perm boshida aniqlangan. Pleystotsen Muzlik davri eng koʻp oʻrganilgan[1].

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil