Muzlik nazariyasi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Muzlik nazariyasi - Yer yuzasida bir necha marta juda katta maydonlarni krplagan muzliklarning rivojlanishi haqida ilmiy tasavvurlar sistemasi. Togʻlarda qad. muzliklarning hozirgiga qaraganda bir necha marta koʻp tarqalgani haqida gʻoya Alp togʻlarini tadqiq etgan olimlar tomonidan 18-asr oxiridayoqilgari surilgan edi. Yevropa va Shimoliy Amerikadagi katta maydonlarda sochilib yotgan va oʻzining asli paydo boʻlgan joyidan yuzlarcha va minglab km uzoqqa olib borilgan togʻ jinslarining kelib chiqishi oʻrganildi. Yotqiziklar va valunlar togʻ oldi va teklisliklarga muzlik harakati bilan keltirilganligi maʼlum boʻldi va koʻpchilik olimlar tomonidan eʼtirof etildi. Muzlik nazariyasi, asosan, Yer tarixining oxirgi bosqichiga taallukli boʻlib, bu davrda keng maydonlar muz bilan qoplangan. Bu gʻoyaga asosan muzlik bilan qoplanish bir necha marta takrorlangan (poliglyasializm). Pleystotsen davomida sovuq (muz krplanishi, glyasiallar) va iliq (muzliklararo, interglyasi-allar) davrlar almashinib, oʻrta kengliklarda muz qoplami goho erib, goho yana bosib turgan. Hozirgi zamon tasavvuriga koʻra iqlimning bir necha marta almashinishi ilmiy asoslangan. Iqlimning bir necha marta kuchli sovib ketishi natijasida muz bosishining takrorlanishi Yerning geologik tarixida oxirgi davrdan tashqari ancha qad. geologik oʻtmishda qam sodir boʻlganligi aniqlangan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |