Myanma tashqi siyosati (shuningdek, u Birma nomi bilan ham tanilgan) bu - mamlakatning xorijiy davlatlar bilan bo`lgan munosabatlaridir. U Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Myanmaning G‘arb davlatlari bilan munosabatlarida 2012-yildan beri yaxshilanish kuzatilmoqda. Ammo 2017-yilda rohinjalar ta’qib qilinishi[1][2] tufayli munosabatlar yana keskinlashgan.

Umuman olganda, Myanma qo'shni davlatlar bilan iliq munosabatlarni saqlab qolmoqda va Janubi-Sharqiy Osiyo Millatlar Uyushmasi a'zosi hisoblanadi.

Diplomatiya

tahrir

AQShning Massachusets shtati 1996-yilda Birmaga qarshi o`z sanksiyalarini joriy qilishga urindi, ammo bu konsepsiya AQSh Konstitutsiyasiga zid ekanligi isbotlandi. Keyinchalik, Amerika Qo'shma Shtatlari federal hukumati Birmaga qarshi turli xil qonunchilik va siyosat mexanizmlari orqali keng qamrovli sanksiyalar kiritdi. AQSh Senati va Vakillar palatasi tomonidan qabul qilingan va 2003-yilda Prezident Jorj Bush tomonidan imzolangan Birma erkinligi va demokratiya qonuni (BFDA) Myanmadan barcha importlarni, moliyaviy xizmatlar eksportini taqiqladi[3].

2007-yil, 27-sentabrdan boshlab AQSh Moliya vazirligi 13310-sonli buyruq bilan 25 nafar yuqori martabali Birma hukumati amaldorlarining aktivlarini muzlatib qo‘ydi. 2007-yil 19-oktabrda Prezident Jorj Bush tomonidan chiqarilgan 13448-sonli hujjat bilan yana ko`pchilikning aktivlari muzlatildi. Bundan tashqari, 1997-yilning may oyidan boshlab AQSh hukumati amerikaliklar va boshqa tashkilotlarga yangi sarmoya kiritishni taqiqlab qo'ydi. Bir qator AQSh kompaniyalari Myanma bozorini ishbilarmonlik muhiti yomonlashgani va inson huquqlari guruhlari, iste'molchilar va aksiyadorlar tomonidan tanqidlar kuchaygani sababli sanksiyalar joriy etilishidan oldin tark etgan edi. Qo'shma Shtatlar, shuningdek, jinoiy daromadlarning qonuniylashtirilishiga qarshi chora-tadbirlarning yetarli emasligi sababli Myanmaga qarshi choralar ko'rdi. Diniy erkinlikni ayniqsa jiddiy buzgani sababli, Qo'shma Shtatlar Myanmani Diniy erkinlik to'g'risidagi xalqaro qonunga muvofiq alohida tashvishli davlat (CPC) deb belgiladi. Myanma, shuningdek, Odam savdosi hisobotida majburiy mehnat uchun 3-darajali davlat sifatida qayd etilgan va buning natijasida qo‘shimcha sanksiyalarga duchor bo‘lgan[4].

Rasmiy tashriflar

tahrir

AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton 2011-yilning noyabr-dekabr oylarida Myanmaga tashrif buyurdi. Ushbu tashrif davomida 1955-yildan beri birinchi marta Davlat kotibi Hilari Klinton Myanma prezidenti Teyn Seyn bilan poytaxt Neypidoda uchrashdi, keyin esa Yangonda demokratiya faoli Aung San Suu Chi bilan uchrashdi. AQSh Myanmaga qarshi qonunlarni qisqartirishni va elchilar almashish imkoniyatini oshirishni ma'lum qiladi[5].

2012-yilning 19-noyabr kuni Myanma prezidenti Teyn Seyn Yangonda AQSh prezidenti Barak Obama bilan uchrashadi.

2012-yil, 13-yanvarda AQSh Davlat kotibi Xillari Klinton Birma siyosiy mahbuslariga amnistiya eʼlon qilingach AQSh Myanma bilan elchilarini almashishini ma'lum qiladi[4].

2012-yilning 17-may kuni Oq uy matbuot xizmati AQSh Demokratik partiyasi prezidenti Barak Obamaning Derek Mitchellni AQShning Myanmadagi elchisi etib tasdiqlanishi uchun AQSh Senatiga nomzodini ilgari surganini eʼlon qildi[6][7] .

Iyun oyi oxirida AQSh Senati tomonidan ma’qullanganidan so‘ng, 22 yil davomida AQShning Myanmadagi birinchi elchisi bo‘lgan Derek Mitchell 2012-yilning 11-iyulida poytaxt Neypyadavdagi Prezident saroyida prezident Teyn Seynga ishonch yorliqlarini topshirib, rasman o‘z lavozimiga kirishgan[8][9].

Xronologiya

tahrir

Diplomatik missiyalar

tahrir
  • 1947 yil: Pokiston, Buyuk Britaniya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Niderlandiya.
  • 1948 yil: Fransiya, Hindiston, Sovet Ittifoqi (hozirgi Rossiya), Tailand
  • 1949 yil: Indoneziya, Seylon (hozirgi Shri-Lanka)
  • 1950 yil: Italiya, Xitoy (Xitoy Xalq Respublikasi sifatida), Yugoslaviya (hozirgi Serbiya)
  • 1953 yil: Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Misr, Isroil.
  • 1954 yil: Finlandiya, Gʻarbiy Germaniya (1990 yildan Germaniya), Yaponiya
  • 1955: Kambodja, Daniya, Polsha, Janubiy Vetnam (1975 yilgacha)
  • 1956 yil: Afgʻoniston, Bolgariya, Chexoslovakiya (hozirgi Chexiya va Slovakiya), Vengriya, Iroq, Laos, Moʻgʻuliston, Norvegiya, Filippin, Ruminiya, Shvetsiya.
  • 1957 yil: Malayziya, Shveysariya
  • 1958 yil: Kanada, Gretsiya, Yangi Zelandiya, Turkiya
  • 1960: Nepal
  • 1966: Singapur
  • 1967: Ispaniya
  • 1968 yil: Jazoir, Eron
  • 1970 yil: Maldiv orollari, Nigeriya
  • 1972 yil: Bangladesh, Suriya
  • 1973: Sharqiy Germaniya (1990 yilgacha)
  • 1975 yil: Argentina, Shimoliy Koreya, Janubiy Koreya, Shimoliy Vetnam (hozirgi Vetnam)
  • 1976 yil: Albaniya, Kuba, Mavritaniya, Meksika, Portugaliya.
  • 1977 yil: Kosta-Rika
  • 1978 yil: Mavrikiy, Marokash
  • 1982 yil: Braziliya, Chili, Panama.
  • 1985 yil: Kipr
  • 1987 yil: Vanuatu
  • 1988 yil: Kolumbiya
  • 1989 yil: Peru
  • 1990 yil: Venesuela
  • 1991 yil: Papua-Yangi Gvineya
  • 1993 yil: Bruney
  • 1995 yil: Gana, Janubiy Afrika
  • 1997 yil: Keniya
  • 1998 yil: Quvayt
  • 1999 yil: Ozarbayjon, Belarus, Xorvatiya, Gruziya, Yamayka, Qozog'iston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina.
  • 2000 yil: Qirg'iziston
  • 2001 yil: Urugvay, Oʻzbekiston
  • 2003 yil: Makedoniya
  • 2004 yil: Irlandiya, Saudiya Arabistoni, Sudan
  • 2005: Qatar
  • 2006 yil: Sharqiy Timor, Chernogoriya, Sloveniya
  • 2007: (tiklangan) Shimoliy Koreya
  • 2009 yil: Andorra, Zimbabve, Bahrayn
  • 2010 yil: Fiji, Ummon
  • 2011 yil: Gambiya, Bosniya va Gertsegovina
  • 2012: Butan, Dominikan Respublikasi, Estoniya, Latviya, Lyuksemburg, Malavi, BAA, Islandiya
  • 2013 yil: Angola, Armaniston, Litva
  • 2015: Efiopiya
  • 2017: Malta, Ekvador, Marshall orollari, Muqaddas taxt (Vatikan), Liberiya, Gvineya, Seyshel orollari

Va shuningdek...

tahrir

Eslatmalar

tahrir
  1. Wong, Edward. „U.S. Imposes Sanctions on Myanmar Military Over Rohingya Atrocities“. The New York Times (2018-yil 17-avgust). 2021-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  2. Global Affairs Canada. „Canada imposes targeted sanctions in response to human rights violations in Myanmar“. gcnws (2018-yil 16-fevral). 2021-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  3. „Burmese Freedom and Democracy Act passed both Houses of Congress with more support than in any other year!“ (en). democracy for burma (2010-yil 23-iyul). 2019-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  4. 4,0 4,1 „US to resume full Burma relations“ (2012-yil 13-yanvar). 2019-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  5. Myers, Steven Lee. „Clinton Says U.S. Will Relax Some Curbs on Aid to Myanmar“. The New York Times (2011-yil 1-dekabr). 2011-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyul.
  6. „Statement by the President on Burma“ (en). whitehouse.gov (2012-yil 17-may). 2019-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  7. „Presidential Nomination Sent to the Senate“ (en). whitehouse.gov (2012-yil 17-may). 2019-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  8. „Восстановление дипломатических связей“. 2013-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.
  9. „US to Invest in Burma’s Oil“ (en). Radio Free Asia. 2019-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-iyul.