Nabot soʻzi arabcha boʻlib, u eski oʻzbek tiliga bilvosita oʻtib oʻzlashgan. Oʻrxun-Yenisey yozma manbalarida , Mahmud Qoshgʻariy lugʻatida, „Tafsir“da qayd etilmagan. Alisher Navoiy asarlarida nabot shaklida uchraydi

Lab uza xatti nabot husni naxli qadi, Gulbun anbata ollo nabotan xasano. (Gʻaroyib us-Sigʻar, 59)

Eski tojik tilida ham nabot shaklida kelib, giyoh, oʻt, oʻsimlik maʼnosini anglatadi. Soʻzning etimoni arab tilidagi asosiga borib taqaladi. Bu asosdan yasalgan soʻzlar oʻsmoq, pishib yetilmoq maʼnolarini bildiradi. Hozirgi arab tilida نبات (nabaatun) koʻpligi نباتات (nabaataatun) oʻsimlik, giyoh maʼnosini bildiradi

Manbalar

tahrir

[1]

  1. Vafoyev, Bahrom. O'simlik nomlari, "FAN" nashriyoti, Toshkent, 1991 — 63-bet. ISBN 5 - 648 - 01251 -9.