Naddof
oʻrta asrlarda paxta yoki jun tituvchi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Naddof (arab. — taramoq, titmoq) — oʻrta asrlarda paxta yoki jun tituvchi, savalovchi kishi. Oʻrta Osiyoning yirik shaharlarida alohida mahallalarda yashagan. Ularning mehnati, asosan, kalavachilik — ip yigiruvchilarga paxtani chigitdan ajratib, savalab berishdan iborat boʻlgan. Naddoflar shahar aholisining eng kambagʻal tabaqasi hisoblanib, bosqinchilik zulmiga qarshi qoʻzgʻolonlarda asosiy kuchni tashkil etgan. Masalan, Samarqandda moʻgʻullar zulmiga qarshi koʻtarilgan Sarbadorlar qoʻzgʻoloniga Naddoflar mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kuluip (Kalaviy) Naddof boshchilik qilgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |