Nadia Comaneci
Ushbu maqolaning matni toʻliq yoki qisman avtomat tarjimadan iboratdir. Matn tezda tushunarli holga keltirilmasa ushbu maqola oʻchirilishi mumkin! Siz maqolani tuzatishga koʻmaklashishingiz mumkin. Maqola tarjimasi bilan shugʻullanmoqchi boʻlsangiz, tarjima boʻyicha tavsiyalar bilan tanishib chiqishni unutmang. Maqolaning originali koʻrsatilmagan. |
Nadia Elena Comaneci Corner ( 1961-yil, 12-noyabrda tavullud topgan) Romaniyalik gimnastikachi va 5 karra oltin medal sohibasi.
Nadia Comaneci | Mamlakat | Ruminiya | |||
---|---|---|---|---|---|
Tugʻilgan sanasi va joyi | 12-noyabr, 1961-yil Ruminiya | ||||
Boʻyi | (163 cm) |
Biografiyasi
tahrirNadia Elena Comăneci Conner 1961-yil 12-noyabrda G‘arbiy Moldaviyaning tarixiy mintaqasidagi, Ruminiyaning Karpat tog‘laridagi, Oneshti nomli kichik shaharchasida tug‘ilgan. Uning ota-onasi 1970-yillarda ajralishgandi va uning otasi keyinchalik poytaxt Buxarestga ko'chib ketdi. U va uning ukasi Adrian, Ruminiya Pravoslav cherkovida tarbiyalangan. 2011-yilda u bergan intervyusida Nadiyaning onasi qizini gimnastika darslariga yozdirganini takidladi, chunki u bolaligida u juda g'ayratli va faol bo'lgani uchun uni boshqarish qiyin edi. Ko'p yillik yuqori darajadagi sport musobaqalaridan so'ng Comaneci Buxarest Politexnika Universitetini, sport ta'limi yo'nalishi bo'yicha tamomlagan. Bu o'rinishlari esa unga gimnastika bo'yicha murabbiylik malakasini bergandi.
1976-yildagi musobaqa
tahrirOlimpiyada o`yinlarida musobaqalashgan eng mashhur va eng ajoyib gimnastikachi bu Romaniyalik Nadia Comaneci edi. Nadia 1976-yilda Montorealda, buyuk, yosh rossiyalik gimnastikachi Olga Korbutga qarshi kurashganda, sahnaga shijoat bilan kirib kelgan edi va u o’sha vaqtda atiga 14 yoshda bo’lgan. Olga 1972-yilda Olimpiyada o’yinlarida 2ta oltin medalni qo’lga kiritgandi va u 1972 yilda ham ana o’sha g’alabalarni takrorlashga o’rinib ko’rmoqchi edi. Nadia tomosha qilib turar edi va mana shu vaqtda Olga noteks bo’lgan parallel tayoqlarga yaqinlashdi, sakradi va bir tayoqni ushlagan holda o’z ijrosini boshladi. U havoda aylanish, qayrilish kabi ajoyib harakatlar qildi. Tomoshabinlar hayqirdi va Olgani 9.90 ball bilan mukofotladi. Endilikda Olgani mag’lub qilish uchun mukammal bo’lgan 10.0 ballni qo’lga kiritish lozim edi. Nadia Olgadan keyin sahnaga chiqishi kerak edi. U sakradi va pastroq tayoqni ushaladi. U aql bovar qilmas bir qator aylanish va qayrilma harakatlarni ko’rsatib berdi. U hayratlanarli darajadagi tushishni amalga oshirib berdi va misol o’q kabi tekis turgan holatda o’z ijodini tugatdi. Olomon Nadiani olqishlar bilan ko’mib tashladi. Hakamlar Nadianing ijrosidan hayratlanishardi va unga mukammal bo’lgan 10.0 ballni berishdi. Olimpiyada o’yinlarida birinchi berilgan eng yuqori ball shu edi. Nadia Montrealda bo’lgan musobaqada 3ta oltin va 1ta kumush medalni yutib oldi. U o’zining ma’na shu ajoyib bali bilan ham, ayol gimnastikachilarning eng buyugi deya atalmaydi. Bu Sharaf Sobiq Sovet Ittifoqida bo’lgan Larissa Latyninaga tegishli, chunki u 3 ta Olimpiyada o’yinlarida, ya’ni 1956-yilda, 1960 va 1964-yillarda o’tkazilgan o’yinlarda, 9ta oltin, 5ta kumush va 3ta bronza medallarini qo’lga kiritgan edi.
Erishgan natijalari
tahrir1976-yilda Olimpiyada o'yinlarida, 14-yoshli Comaneci ilk bor 10.0 ball bilan mukofotlangan gimnastikachi edi. Bu o'yin 1976-yil Montrealda o'tkazilgan Yozgi Olimpiyada o'yinlarida sodir bo'lgandi. U uchta oltin medalni qo'lga kiritish yo'lidagi musobaqalarda qatnashish davomida yana oltita mukammal 10 ball qo'lga kiritgandi. 1980-yilda Moskvodagi Yozgi Olimpiyada o'yinlarida, Comaneci 2 ta mukammal bo'lgan 10.0 balga erishgandi va 2ta oltin medal yutib olgandi. u faoliyati davomida to'qqizta Olimpiyada medali va to'rtta Jahon badiiy gimnastika chempionati medalini qo'lga kiritgandi.
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- ↑ „ELS. NADIA COMANECI.“. Kabira Academy. Qaraldi: 19-sentabr 2023-yil.