"Nafahot ul-uns" — Abdurahmon Jomiyning tasavvuf tarixiga bagʻishlangan tazkirasi. Toʻliq nomi — „Nafahot ul-uns min hazarot il-quds“ („Muqaddas yuksakliklardan esgan doʻstlik shabadalari“)[1].

Yaralishi va tuzilishi

tahrir

Asarning muqaddimasida berilishicha, Alisher Navoiyning iltimosi bilan 1476-1478-yillarda yozilgan. „Nafahot ul-uns“da Sullamiy, Ansoriy va Attor bosh­lab bergan anʼana davom ettirilib, 15-asrgacha boʻlgan mashhur tasavvuf shayxlarining tarjimai holi va hikmatlari toʻp­langan. Jomiy bu tazkirani yozishda Abdulloh Ansoriyning „Tabaqot us-soʻfiya“ kitobidan asosiy manba sifatida foydalanib, „Kashf ul-mahjub“, „Tarixi guzida“, „Tazkirat ul-avliyo“, „Risolai qudsiya“ kabi 100 dan ortiq manba va kitoblardagi maʼlumotlar bilan boyitgan. Shuningdek, oʻzi bevosita suhbatdosh boʻlgan zamondosh shayxlar (Xoja Muhammad Porso, Faxriddin Luristoniy, Xoja Ahror Valiy va boshqalar)ning tarjimai hollarini yoritishda oʻzining xotiralarini ham qayd qilib oʻtgan.

Boshqa tillarga tarjimalari

tahrir

„Nafahot ul-uns“ Jomiyning mashhur asarlaridan boʻlib, Abdulgʻafur Loriy, Muhammad Mahmud Dehdor Sheroziy unga sharhlar yozishgan. Navoiyning koʻrsatmasi bilan Nizomiddin Ahmad Pir Shams „Nafahot ul-uns“dagi arabcha matnlarni fors tiliga tarjima qilib, alohida toʻplam holiga keltirgan. „Nafahot ul-uns“ni turk sultoni Fotihning buyrugʻi bilan Mahmud bin Usmon Ali Lomeiy 1521-yil usmonli turkchaga, Xorazmda Muhammad Rahimxon Feruz topshirigʻi bilan Oxund Rahmonquli qori 1886-yil oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Alisher Navoiy „Nafahot ul-uns“ning birinchi tarjimoni boʻlib, bu asar asosida "Nasoyim ul-muhabbat" tazkirasini yaratgan[2].

Asarning qoʻlyozma nusxasi Toshkentda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida saqlanmoqda[3].

Manbalar

tahrir
  1. „Asari «Nafahot-ul-uns min qudarot-il-quds»“ (2017-yil 23-may). Qaraldi: 2023-yil 19-fevral.
  2. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  3. „Sharq qo`lyozmalari | „Nafahot ul-uns Jomiy“ asari qoʻlyozmasi“.