Nafisiy Said (1895.8.6 - Tehron — 1966.13.11) — Eron olimi, yozuvchisi va jamoat arbobi. Tehron universiteti professor (1934-yil), Eron Farhangistoni (Til va adabiyot akademiyasi) aʼzosi (1935-yildan). Tehron, Bern va Parijda oʻqigan. Ijodi 20-yillardan boshlangan. Eron, Markaziy Osiyo, Hindiston xalqlari adabiyoti, madaniyati va tarixi masalalariga, shuningdek, rus va Gʻarbiy Yevropa adabiyotlariga oid tadqiqotlar qilgan. N. "Abu Abdulloh Jaʼfar ibn Muhammad Rudakiy Samarqandiyning hayoti va ijodi" nomli 3 jildli monografiya (1931—1940-yillar), "Farangis" (1931-yil) romani, "Qojarlar tarixi", "Bahrayn tarixi" (1955-yillar) hamda "Hozirgi Eronning ijtimoiysiyosiy tarixi" (1959-yil) kabi asarlar muallifi. "Bayhaqiy tarixi" (1—3-jildlar, 1940—1953-tillar)ni, Xondamirning "Dastur ul-vuzaro" asarini nashr ettirgan. "Nodirshoh haqida oxirgi yodgor" (1926-yil) pyesasi tarixiy mavzuda. Hofiz Sheroziy, Farididdin Attor, Ibn Sino va boshqa haqida bir qancha nasriy asarlar yozgan, fors tilining izoshli lugʻati (1930-yil, 5-jild) va fransuzcha-forscha lugʻat (1931—1932-yillar) tuzgan. N. sheʼriyatida zamonaviy turmushdagi voqea-hodisalar oʻz aksini topgan. Nasriy asarlarida gʻarb adabiyotining sezilarli taʼsiri bor.

Manbalar

tahrir
  • Jannatning yarim yoʻlida, T., 1974.