Nagatino i-Land (dastlabki Nagatino-ZIL) ― „Moskva siti“ dan keyingi Moskvadagi ikkinchi yirik shaharsozlik loyihasidir. Moskva hukumati koʻmagida amalga oshirilgan.

Joylashuv

tahrir

Nagatino i-Land Moskva markazi yaqinida, ilgari „ZiL“ zavodiga tegishli boʻlgan hududlarda, asosiy transport yoʻnalishlari va metro stansiyalari yaqinida joylashgan. Majmua Kremldan 8 km janubda, Uchinchi transport halqasidan 1,8 km va Andropov xiyobonidan 100 metr masofada, Kashirskoye shossesi va Domodedovo xalqaro aeroportiga olib boradigan tumanning asosiy magistralida joylashgan.

Qurilish

tahrir

Nagatino I-land loyihasini yaratish va rivojlantirish boʻyicha boshqaruvchi kompaniya 2003-yilda shahar dasturlarini amalga oshirish, kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash va ularni turar-joy boʻlmagan binolar bilan taʼminlash doirasida tashkil etilgan „Moskva biznes inkubatori“ OAJ hisoblanadi. Ilgari „ZIL“ joylashgan joyda qurilish ishlari olib borilmoqda. Hududning umumiy maydoni 32 gektarni tashkil qiladi.

 
Texnopark qurilishining birinchi bosqichidagi ofis binolari

Ilk 8 ta bino, jumladan, ilmiy-ishlab chiqarish binolari 2009-yilning bahorigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, buning uchun 300-400 million dollar sarflangan. Hammasi boʻlib texnopark 30 ta binodan iborat boʻlishi kerak.

2015-yilga kelib, hududda taxminan 1 million m² savdo maydonlari: ofislar, doʻkonlar, avtoturargohlar, mehmonxonalar joylashadi[1]. Loyihaning umumiy qiymati, ekspert hisob-kitoblariga koʻra, 2008-yilgi global inqirozgacha, 2 milliard dollardan oshgan[2].

2015-yil dekabr oyida hududda Texnopark metro bekati ochildi[3]. 2019-yilda 167 metr uzunlikdagi, travolatorlar bilan jihozlangan va Andropov xiyobonidan oʻtuvchi, bekat yoʻlagini biznes-park va „Orzular oroli“ tematik bogʻi bilan bogʻlovchi yerusti piyodalar oʻtish joyi ochildi[4].

Rivojlanish istiqbollari

tahrir

Qurilayotgan hudud uzoq vaqt davomida sanoat hududi boʻlganligi uchun loyihada tuproqni oʻrganish va zararli moddalar bilan toʻyingan tuproqni olib tashlash koʻzda tutilgan. Arxitektorlar Moskva daryosi boʻyidagi hududni koʻkalamzorlashtirish, eski kanal boʻylab koʻprikni rekonstruksiya qilish va Uchinchi transport halqasidan boshlab Andropov xiyobinigacha boʻlgan qirgʻoqni obodonlashtirishni taklif qilmoqdalar. Moskvaning amaldagi meri Yuriy Lujkovning soʻzlariga koʻra, „ivirsigan xarobazorni kichik biznesni rivojlantirish uchun yangi hududga aylantirishga umid bor“[5].

Moskva bosh arxitektori Aleksandr Kuzminning soʻzlariga koʻra, texnoparkda kamida 40 ming kishini ish bilan taʼminlaydigan kichik biznes markazi quriladi[6].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir