Najmiddin Ikromiy
Najmiddin Ikromiy (asl familiyasi Ergashev) (1960-yil 10-avgust, Andijon) – oʻzbek jurnalisti, publisist va shoir. Oʻzbekiston Jurnalistlar va Yozuvchilar uyushmalari aʼzosi[1].
Najmiddin Ikromiy | |
---|---|
Najmiddin Ergashev | |
Tavalludi |
1960-yil 10-agust Andijon shahri |
Sohasi | jurnalist |
Ish joylari | "Andijonnoma" va "Andijanskaya pravda" gazetalari |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Tarjimai holi
tahrirNajmiddin Ikromiy (asl familiyasi Ergashev) 1960-yil, 10-avgustda Andijon shahrida tugʻilgan. 1985-1991-yillarda Oʻzbekiston Milliy universiteti (sobiq Toshkent davlat universiteti)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini 1981-yilda Andijon ip-gazlama birlashmasida ohorlovchilikdan boshlagan. Soʻngra 1986-1999-yillarda „Andijonnoma“ (sobiq „Kommunist“) gazetasida masʼul kotibning birinchi oʻrinbosari, savdo va matlubot xodimlari kasaba uyushmalari viloyat qoʻmitasida yoʻriqchi, boʻlim mudiri, respublika „Savdogar“, „Mulkdor“ gazetalari, „Hayot va iqtisod“ jurnalining Fargʻona vodiysi boʻyicha muxbiri vazifalarida ishladi. 2000-2020-yillarda "Andijonnoma" gazetasida muxbir, boʻlim mudiri, masʼul kotib, bosh muharrir oʻrinbosari, viloyat Jurnalistik mahorat markazi rahbari lavozimlarida mehnat qilgan.
Ijodiy faoliyati
tahrirNajmiddin Ikromiyning „Erta botgan oy“ nomli ilk sheʼriy toʻplami 1998-yilda chop etilgan. Shuningdek, uning „Boshlovchi jurnalist va mahorat mashaqqati“ (2009-yil), „Amaliy jurnalistika va mahorat“ (2013, qayta nashr 2016-yil) qoʻllanmalarining muallifidir. Ijodkorning „Sarhisob“ rukni ostida „Taraddud fasli“ (sheʼrlar), „Qoʻshni sigʻmagan uy“ (hikoyalar) va „Otam koʻrmagan kunlar“ (publitsistik) nomli uch jildli kitoblari (2023) nashr etilgan.
Taʼlim sohasidagi islohotlarni keng targʻib etishdagi mehnatlari va jurnalistika sohasi kadrlarini tayyorlashdagi faoliyati uchun „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan. Ijodiy faoliyati davomida uning minglab tahliliy-tanqidiy, maʼnaviy-maʼrifiy janrdagi maqolalari bosma va elektron nashrlarda chop etilgan[2] [3][4][5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Najmiddin Ikromiiy "Ammo hanuz dildasan, do'stim…" Qaralgan sana=20.08.2024“ (uzhurriyat.uz).
- ↑ „Najmiddin Ikromiy "Oq xalatli xaloskorlar" Qaralgan sana=20.08.2024“ (adolat.uz).
- ↑ „Najmiddin Ikromiy "Es-hush boʻlmasa, majlis qiling…" Qaralgan sana=20.08.2024“ (/ishonch-doverie.uz).
- ↑ „Najmiddin Ikromiy "Qiyomatli doʻstlar mahshar kunida bir xil mukofot oladilar" Qaralgan sana=20.08.2024“ (andijonnoma.uz).
- ↑ „Najmiddin Ikromiy "Matbuot meni tarbiyaladi, elga tanitdi!" Qaralgan sana=20.08.2024“ (uzhurriyat.uz).