Hokusai
Katsushika Hokusai, Nakajima Tamekazu [1760 — Edo (Tokio) — 1849.18.4] — yapon rassomi, Ukiyoe yoʻnalishining yirik namoyandasi. Yapon gravyurasida manzara janri asoschisi. Katsukava Shunso va boshqa ustalardan taʼlim olgan (1777—78). Xitoyning Min davri, Kano maktabi rassomligini oʻrgangan, "goʻzallar", "odamlar", manzara janrlarida ijod qilgan. 30 mingga yaqin gravyura va rasmlar yaratgan (15 jildli "Manga" kitobida, 181271). Yirik asarlarida dadil perspektiv samaralar taassuroti kutilmagan ranglar uygʻunligi orqali yapon manzaralarini oʻziga xos obrazini yarata olgan: "Fuji togʻining 36 koʻrinishi" turkumi (1823—29), "Turli viloyatlardagi yangi koʻpriklar" (1827—30), "Turli viloyatlar sharsharalari boʻylab sayohat" (1827—33), "Fudzi togʻining 100 koʻrinishi" (1834—35) va boshqa
Hokusai | |
Haqiqiy ismi | Katsushika Hokusai |
Tavalludi | oktabr-noyabr, 1760 Edo, hozirgi Tokio, Yaponiya |
Vafoti | 18-aprel, 1849 Tokio |
Sohasi | rassom |
Mashhur suratlari | "Ulkan toʻlqin" |
X. asarlari hozirgacha qiziqib oʻrganiladi, koʻrgazmalarda namoyish etiladi, rassomlar (jumladan, oʻzbekistonlik rassomlar) ijodiga taʼsiri kuzatiladi.
Biografiyasi
tahrirHokusai (Katsushika Hokusai; 1760, Edo (hozirgi Tokio) — 10-may 1849, Tokio), ukiyo-e rassomi, oʻymakor - yapon san'atining buyuk dahosi. Bir necha taxalluslar ostida ijod qilgan.
Ishlari va ta'siri
tahrirFuji togʻining oʻttiz olti koʻrinishidan ayrim ukiyo-elar:
-
Qizil Fuji
-
Sayohatchilar Oi daryosini kesib oʻtmoqdalar.
-
Tutun ajdarhosining Fuji togʻidan chiqishi.
Boshqa ishlari:
-
Karp sharsharadan sakramoqda
-
Tokaydodagi Hodogaya
-
Baliqchi xotining tushi
Havolalar
tahrir- Katsusika Hokusai (Wayback Machine saytida 2007-09-29 sanasida arxivlangan) (rus.)
- Internetdagi Hokusai ishlarining eng yirik termalaridan biri (3000 atrofida, yaxshi UHQ sifatida (Wayback Machine saytida 2012-07-15 sanasida arxivlangan) (ingl.)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |