Namangan mexmash aksiyadorlik jamiyati

Namangan Mexmash aksiyadorlik jamiyati – „Oʻzmashsanoat“ uyushmasi tarkibidagi ishlab chiqarish korxonasi. Asosan, nostandart qurilmalar, suv quvurlari zulfinlari, maxsus texnologik uskunalar, qishloq xoʻjaligi texnikalariga ehtiyot qismlar, metallkonstruksiyalar va xalq isteʼmol mollari, gilam toʻqish dastgoxlari, seyflar va boshqa mah-sulotlar ishlab chikariladi. 1974-yilda „Namangan mexanizatsiya va avtomatlashtirish vositalari mashinasozlik zavodi“ nomi bilan ishga tushirilgan, 1982-yilda ilgʻor texnologik uskunalar bilan qayta jihozlangan korxona qurib bitkazildi. 1991-yilga qadar harbiy sanoat uskunalari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan. 1995-yildan hozirgi nomda. Korxonada bir yilda 50 dan ortiq turdagi mahsulotlar tayyorlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil