Namangan notoʻqimachi aksiyadorlik jamiyati
(Namangan "notoʻqimachi" aksiyadorlik jamiyatidan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Namangan notoʻqimachi aksiyadorlik jamiyati – „Oʻzbek yengilsanoat“ davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibidagi sanoat korxonasi. 1932-yilda „Besh yillik“ arteli nomi bilan tashkil etilgan. 1941—43 yilda front uchun shinel va movutlar ishlab chikarilgan. 1965-yildan korxona yigiruv toʻquv notoʻqima mato fabrikasiga, 1982-yilda Baliqchi notoʻqima mato fabrikasi ishga tushirilgach, notoʻqima mato ishlab chiqarish birlashmasiga aylantirildi. 1994-yildan hozirgi nomda. 1995-yilda sunʼiy moʻyna ishlab chiqarish texnologiyasi oʻzlashtirildi.
Korxonada, asosan, mahsulot oʻrash uchun notoʻqima mato, paxtali vatin va sunʼiy moʻyna ishlab chiqariladi. 2002-yilda 16,5 mln. m2 notoʻqima matolar tayyorlandi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |