Kigiz
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Kigiz, namat — 1) uy jihozi; kigizchilikda jundan bosib tayyorlanadigan qalin, pishiq toʻshama, palos. Sharqda, xususan, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda qadimdan maʼlum. Aksariyat chorvachilik rivojlangan mintaqalarda qoʻyning junidan bosiladi. Guldor (naqsh mujassamoti yulduz, romb, qoʻchqor shoxi, bulut va b.) va gulsiz sidirgʻa, ran giga koʻra, oq kigiz, qora kigiz, qizgʻish kigiz va hokazo xillari boʻladi. Ayniqsa, qalin va zich bosilgan oq kigiz qadrlangan. Kigizdan, asosan, toʻshama sifatida (gilam, palos oʻrnida) foydalaniladi. Yana, shuningdek, oʻtovlarni oʻrashda, qalpoq, telpak tikishda mayu oʻrnida ham ishlatiladi; 2) texnikada — qistirma, zichlagich, issiqlik va tovush izolyasiya materiali. Jundan, moʻyna chiqindilarini bosib yoki mineral paxta bilan bogʻlovchi modda (bitum) ni biriktirib va issiqlik ishlovi berib hosil qilinadi. Lenta, plastina, tayyor detal koʻrinishida ishlab chiqariladi. Kigizdan avtomobillar, traktorlar, samolyotlar uchun sal-niklar, qistirmalar, amortizatorlar tayyorlanadi. Qogoz mashinalari, musiqa asboblarida ishlatiladi; 3) qurilishda issiqlik va tovush oʻtkazmaydigan material sifatida devorlar orasiga qoʻyiladi, quvurlar oʻraladi.
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |