Namlik — havodagi suv bugʻlari va fizik jismlar tarkibidagi suv miqdori; ob-havo va iqlimni, jismlarning xossalarini belgilaydigan omillardan biri. Namlik havoning suv bugʻlariga, jismlarning suvga qanchalik toʻyinganligiga, ularning tabiatiga, zichligiga yoki gʻovakligiga, ichki va tashqi sirtlari oʻlchamlariga bogʻliq. Odatda, namlik jismning dastlabki ogʻirligiga (ogʻirlik boʻyicha namlik) yoki hajmiga (hajmiy namlik) nisbatan foizlarda belgilangan suv miqdori bilan ifodalanadi. Uni materialning quruq qismi massasi birligiga nisbatan olingan suv miqdori bilan ham ifodalash mumkin. Materiallar (Mas, paxta, taxta), maqsulotlar (don va boshqalar) ning namlik darajasini belgilab qoʻyishning xalq xoʻjaligida ahamiyati katta. Koʻp jismlar (Mas, don, sement) maʼlum namlikdagina moʻljallangan maqsad uchun yaraydi. Odam, jonivor va oʻsimliklarning hayoti ham maʼlum darajadagi namlik va muhitning nisbiy namligiga bogʻliq. Namlik miqdori maxsus asbob — namlik oʻlchagich bilan oʻlchanadi.[1]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil