Namud (forscha — koʻrinish, namoyon boʻlish) — makom ashula yoʻllarida muayyan shoʻʼbaning boshqa shoʻʼbalarda ishlatiladigan kuy tuzilmasi. Har bir N. shoʻʼbaning bosh kuy jumlalaridan olinib, shu va boshqa makom qismlarida avj sifatida foydalanishi mumkin. N.lar foydalaniladigan shoʻʼba tarkibidagi kuy va doyra usuliga moslab olinadi hamda maqomlarning muhim shakllantiruvchi vositasi sanaladi. Shashmaqomda N.lar soni oʻndan ortiq boʻlib, Saraxbor, Talqin va Nasr shoʻʼbalari asosida yuzaga kelgan. Ular Uz zol, Ushshoq, Muxayyari Chorgoh, Bayot, Navo, Oraz, Dugoh, Segoh, Nasrulloyi va boshqa N.laridir. Bulardan Uz zol N.i — Buzruk va Rost maqomlari, Ushshoq N.i — Buzruk, Rost makrmlari, Muxayyari Chorgoh Namud — Buzruk, Rost, Segoh va Iroq maqomlari, Navo N.i va Oraz N.i — Navo va Segoh maqomlari, Segoh N.i — Rost va Segoh maqomlari, Nasrulloyi N.i — Buzruk va Segoh maqomlarining shoʻʼbalarida avj oʻrnida ishlatiladi. N.lardan bastakorlarning yirik shakldagi kuy va ashulalarida qam keng foydalanilgan. Asarlarda oʻrniga qarab muayyan N.ning kuy-ohanglari, vazni va hajmi boʻyicha turlicha koʻrinishlari ishlatilishi mumkin. Maqom, shuningdek, mumtoz ashula va cholgu yoʻllarida oʻxshash uslubda foydalanadigan boshqa maxsus kuy tuzil malaridan Zebo pari va Turk avjlari N.lar qatorida oʻrin tutadi.

Adabiyot

tahrir
  • Rajabov I., Maqomlar masalasiga doyr, T., 1963.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil