Nana sohib (asl ismi Nana Govind Dandu Pant) (taxminan 1824—?) — 1857—59 yillardagi Hindiston xalq qoʻzgʻoloni rah-barlaridan biri. Ingliz Ost-Indiya kompaniyasining nafaqasida boʻlgan maratx peshvosi (hokimi) Baji Rao II ning asrandi oʻgʻli. Peshvo vafoti (1851) dan soʻng kompaniya Nana sohibga nafaqa toʻlashdan bosh tortgani sababli u xalq qoʻzgʻoloniga qoʻshilgan. 1857-yilda oʻzini peshvo deb eʼlon qilgan, Kanpur shahri va viloyatida oʻz hokimiyatini joriy qilgan. Mustamlakachilarga qarshi yirik janglarda qatnashgan. Keyinchalik qoʻzgʻolonning boshqa mulkdor rahbarlari singari xalq urushini cheklashga harakat qilgan. 1857-yil oʻrtasida Kanpur yaqinidagi magʻlubiyatdan soʻng Nana sohib Aud viloyatiga chekingan va qoʻzgʻolonning asosiy mar-kazlari tor-mor qilinganidan soʻng Shimoliy Hindistonning changalzorlariga bekingan. Keyingi taqdiri maʼlum emas. == Adabiyot ==

  • Narodnoye vosstaniye v Indii 1857— 1859, M., 1957; Novaya istoriya Indii, M., 1961[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil