Nandita Das (1969-yil 7-noyabrda tugʻilgan) — hind aktrisasi va rejissyori. U oʻn xil tilda 40 dan ortiq badiiy filmlarda rol oʻynagan. Das Fire (1996), Earth (1998), Bawandar (2000), Kannathil Muthamittal (2002), Ajagi (2002) , Kamli (2006) filmlarida paydo boʻlgan. Uning rejissyorlik debyuti Firaaq (2008), Toronto kinofestivalida premyerasi boʻlib, 50 dan ortiq festivallarda qatnashib, 20 dan ortiq mukofotni qoʻlga kiritgan. Uning rejissyor sifatidagi ikkinchi filmi Manto (2018) edi. 20-asr hind-pokistonlik qisqa hikoyalar yozuvchisi Sadat Hasan Manto hayotiga asoslangan film Kann kinofestivalining „Un Certain Regard“ boʻlimida namoyish etildi.[1] 2019-yil sentabr oyida Das ikki daqiqalik „Indiaʼs Got Color“ musiqiy videosini ishlab chiqargan. Musiqiy video kolorizm masalasiga bagʻishlangan boʻlib, tomoshabinlarni Hindistonning rang-barangligini nishonlashga undaydi.[2] Uning birinchi kitobi „Manto & I“ boʻlib, uning film yaratishdagi 6 yillik uzoq safari haqida hikoya qiladi. U „Listen to Her“ deb nomlangan qisqa metrajli filmni yozgan, rejissyorlik qilgan va rol oʻynagan, film oiladagi zoʻravonlik va ayollarning karantin paytida duch kelgan ortiqcha ish yukini yoritib bergan.

Nandita Das
Tavalludi 7-noyabr 1969
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1989 – hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
  • Soumya Sen
    (turm. 2002; ajr. 2007)
  • Subodh Maskara
    (turm. 2010; sep 2017)
Bolalari 1 nafar
Otasi Jatin Das
Onasi Varsha Das

Das ikki marta Kann kinofestivalining hakamlar hay’atida ishlagan. 2005-yilda u Fatih Akin, Xaver Bardem, Salma Xayek, Benoit Jakko, Emir Kusturitsa, Toni Morrison, Agnes Varda va Jon Vu bilan birga asosiy tanlov hakamlar hay’atida ishlagan. 2013-yilda u Jeyn Kempion, Maji-da Abdi, Nikoletta Braschi va Semih Kaplanogʻlu bilan Cinéfondation va qisqa metrajli filmlar hay’ati aʼzosi boʻlgan.

Faoliyati

tahrir

Das Mrinal Sen, Adoor Gopalakrishnan, Shyam Benegal, Dipa Mehta va Mani Ratnam kabi rejissyorlar bilan 40 dan ortiq badiiy filmlarda rol oʻynagan. U aktyorlik faoliyatini Jana Natya Manch koʻcha teatri guruhida boshlagan. U rejissyor Dipa Mehtaning Fire (1996) va Earth (1998; Aamir Khan bilan birga), Bavander (rejissyor Jagmohan Mundhra) va Naalu Pennungal (rejissyor Adoor Gopalakrishnan) filmlaridagi rollari bilan tanilgan. Shuningdek, u Santosh Sivan rejissyori tomonidan suratga olingan Hind-Britaniya davri dramatik filmi Before the Rains filmida rol oʻynagan. U oʻn xil tilda filmlarda rol ijro etgan: ingliz, hind, bengal, malayalam, tamil, telugu, urdu, marati, odia va kannada.

Das Between yhe Lines (2014) nomli spektaklni hamkorlikda yozgan, rejissyorlik qilgan va unda rol ijro etgan.[3] U Khamosh! Adalat jaari hai (2017) filmida ham suratga tushgan.

Nutqiy ishtiroklari

tahrir

Das Hindiston va xorijdagi turli platformalarda, shu jumladan MITda taniqli maʼruzachi boʻlgan,  va Tufts universitetida (2014-yilda, jamiyat va kinoda gender mavzusida) nutq soʻzlagan.[4]

2016-yilda u TEDxWalledCity koʻrgazmasida „Zamonamizning eng katta ikkiyuzlamachiligi: qashshoqlikka boʻlgan munosabatimiz“ mavzusida TEDx da maʼruza qilgan.[5] 2011-yilda u TEDxNarimanPoint da „Taʼlimdagi transformatsiya“ mavzusida nutq soʻzladi.

Filmografiyasi

tahrir

Aktrisa sifatida

tahrir
Yil Nom Rol Til Izohlar
Bangle Box Hind Telefilm
1989 Parinati Hind
1995 Ek Thi Goonja Goonja Hind
1996 Fire Sita Ingliz
1998 1947 Earth Shanta, the Ayah Hind Filmfare Award for Best Female Debut mukofoti
Hazaar Chaurasi Ki Maa Nandini Mitra Hind
Janmadinam Sarasu Malayalam
Biswaprakash Anjali Odia
1999 Deveeri Deveeri (Akka) Kannada
Rockford Lily Vegas Ingliz
Punaradhivasam Shalini Malayalam
2000 Hari-Bhari Afsana Hind
Saanjh Hind qisqa metrajli film
Bawandar Sanwari Ingliz Best Actress at Santa Monica Film Festival
2001 Aks Supriya Verma Hind
Daughters of the Century Charu Hind
2003 Ek Alag Mausam Aparna Verma Hind
Bas Yun Hi Veda Hind
Supari Mamta Sikri Urdu
Shubho Mahurat Mallika Sen Bengal
Kagaar: Life on the Edge Aditi Hind
Ek Din 24 Ghante Sameera Dutta Hind
2004 Vishwa Thulasi Sita Tamil
2005 Fleeting Beauty Indian woman Ingliz
2011 I Am Afia Hind
2017 Khamosh! Adalat Jaari Hai Leela Benare Hind
2019 Albert Pinto Ko Gussa Kyun Aata Hai? Stella Hind
2022 Virata Parvam Shankutala Telugu

Manbalar

tahrir
  1. Scroll Staff. „Nandita Das's 'Manto' to be premiered at Cannes Film Festival“. Scroll.in (12-aprel 2018-yil). Qaraldi: 11-noyabr 2019-yil.
  2. „India's got colour“. www.unesco.org. Qaraldi: 11-noyabr 2019-yil.
  3. Menon, Ritesh (29-mart 2014-yil), Nandita Das and Divya Jagdale's Between the Lines, Nandita Das, Subodh Maskara, qaraldi: 4-aprel 2018-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  4. „Struggles of Being a Woman in Society and Cinema: A Talk with Nandita Das | Yale Greenberg World Fellows“. worldfellows.yale.edu. Qaraldi: 21-iyun 2020-yil.
  5. TEDx Talks. „The biggest hypocrisy of our times: Our attitude to Poverty - Nandita Das - TEDxWalledCity“ (21-mart 2016-yil).