Nannin — Xitoyning janubiy qismidagi shahar. Guansi-Chjuan muxtor rayonining maʼmuriy, muhim sanoat, ilmiy va madaniy markazi. Aholisi 2,8 mln. kishi (1998). Transport yoʻllari tuguni. Yuszyan daryosi boʻyidagi port. Qishloq xoʻjaligi rayoni va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini taqsimlash markazlaridan. Metallurgiya, mashinasozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet, tibbiyot va qishloq xoʻjaligi institutlari bor.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil