Nansi — Fransiyaning shim.sharkiy qismidagi shahar. Myort va Mozel departamentining maʼmuriy markazi. Myort daryosi va Marna—Reyn kanali boʻyidagi port. Aholisi 106 ming kishi (1999). N. — Lotaringiya sanoat rayonining iqtisodiy markazi. Transport yoʻllari tuguni. Elektrotexnika, transport mashinasozligi, poyabzal, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Shisha va chinnidan badiiy buyumlar ishlab chiqariladi. Un-tlar, institutlar, konservatoriya, nafis sanʼat muzeyi bor. Shahar chetida temir rudasi konlari va metallurgiya zavodi mavjud. N. 16-asrdan maʼlum. 13—18-asrlarda Lotaringiya gersoglarining qarorgohi boʻlgan. Meʼmoriy yodgorliklardan sobor (1703—42), cherkov (15-asr), Gersog saroyi (16-asr) va boshqa saqlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil