Naqshbandxon ibn Sultonxon
Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. |
Naqshbandxon ibn Sultonxon — (?—1958) — alloma va faylasuf. Naqshbandxon ibn Sultonxon Hazrat Xoja Ali ar Romitaniyning avlodlari bo‘lganlar. Bul zoti sharif valiyulloh bo‘lib, sho‘rolar zamonasida ham naqshbandiya tariqati piri murshidi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. Zikrda, shukrda, sabru qanoatda ulamolar peshvosi boʻlgan. Hazrat Naqshbandxon shariat ilmini puxta egallagan, Miri Arab madrasasini tamomlagan[1]. Sho‘rolar zamonasida Hazratni qamaydilar. Qamoqdan chiqqan vaqtlarida o‘g‘illari va xotinlari marhum bo‘lgan edi. To nafaqaga chiqkuncha Buxorodagi Ibn Sino kutubxonasi Sharq bo‘limida xizmat qilganlar. Shu zoti sharifning sharofatlaridan durdona asarlar XXI asrgacha sog‘-salomat yetib kelgan. Naqshbandxonning karomatlariga usta Aminbobo, Mahsumbobo (Omonulloxon), Usta Hidoyatlar guvoh bo‘lishgan. Bolaligimda otam Mullo Nabi meni Naqshbandxon huzurlariga olib borgandilar, ul zot haqimga duo qilgandilar. O‘zbekiston xalq yozuvchisi, atoqli adib Neʼmat Aminov „Bir asr hikoyati“ kitoblarida Hazrat Naqshbandxon ibn Sultonxon haqlaridagi xotiralarini yozgan. Naqshbandxon bolalarga bittadan qand tarqatardilar, yetmaganiga bir tishlamdan non ulashib chiqardilar. Har kuni necha joyga aytilsalar, albatta, shuncha marta bolalarga qand-qurs, bo‘g‘irsoq va non tarqatardilar. Bolalar hazratning bu ishiga ko‘nikib qolgan, chunki ota-onalari ularga Naqshbandxonning qo‘llaridan narsa olib yeyish savob, deb o‘rgatgan edilar. Hazrat Naqshbandxon ibn Sultonxon 1958-yil vafot etgan. Uning qabri Hazrat Imom Hojatbaror xonaqolarining Qibla tomonidadir. Naqshbandxon ibn Sultonxon toʻgʻrisida maʼlumotlar aniq saqlanmagan. Ushbu kishi toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻproq atoqli oʻzbek adibi Sadriddin Salim Buxoriy kitoblarida uchraydi[2].
Avliyo | |
---|---|
Ism |
Naqshbandxon ibn Sultonxon |
Tavalludi |
|
Vafoti |
1958-yil |
Falsafa maktabi |
|