Nargiza Nematova
Nargiza Isamiddinovna Nematova; 1969-yil 23-aprel, Qorakoʻl tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR) – oʻzbekistonlik siyosat arbobi. Buxoro viloyati tarixidagi ilk ayol hokim. Olot tumani hokimi (2020-yildan). Xalq deputatlari Olot tuman kengashining deputati (2004-yildan). Sodiq xizmatlari uchun medali sohibasi (2020).
Nargiza Isamiddinovna Nematova | |
---|---|
Olot tumani hokimi[1] | |
Mansab davri 2020-yil 29-fevral – hozirgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Sherali Salomov |
Olot tumani hokimi oʻrinbosari | |
Mansab davri 2004-yil – 2020-yil 29-fevral | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Xalq deputatlari Olot tuman kengashi deputati | |
Mansab davri 2004-yil – hozirgacha | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
19-fevral 1969-yil[2] Qorakoʻl tumani[2], Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR. |
Fuqaroligi | → |
Dini | islom |
Mukofotlari |
Tarjimai holi
tahrirNargiza Nematova 1969-yil 19-fevralda Buxoro viloyatining Qorakoʻl tumanida tavallud topgan. 1991-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini (hozirda Toshkent tibbiyot akademiyasi) tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi vrach-terapevt. Koʻp yillik doktorlik faoliyati davomida Olot tumani markaziy kasalxonasida turli lavozimlarda ishlagan[3].
Nargiza Nematovaning tumandagi siyosiy va ijtimoiy sohadagi faoliyati 2004-yildan boshlangan. Shu yildan boshlab u turli yillarda Olot tumani hokimi oʻrinbosari, tuman xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Xalq deputatlari Olot tuman kengashining deputati, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi, Olot tumani hokimi vazifasini bajaruvchi vazifalarida ishlab kelgan. 2020-yilda u Olot tumani hokimi vazifasiga tayinlangan. Shu tariqa Nargiza Neʼmatova Buxoro viloyati tarixidagi ilk ayol hokim boʻldi[3]. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yildagi Farmoni bilan Nargiza Neʼmatova Sodiq xizmatlari uchun medali bilan taqdirlangan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ Komilov, Zarif „Olot tumani hokimi Nargiza Ne’matova olotliklarga murojaat qildi“ (uz). uza.uz (2021-yil 15-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 31-dekabr.
- ↑ 2,0 2,1 „Olot tuman hokimligi rahbarlari“. Olot.buxoro.uz. Qaraldi: 31-dekabr 2023-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Buxoro viloyatining Olot tumaniga ayol kishi hokim etib tayinlandi“. Kun.uz (29-fevral 2020-yil). Qaraldi: 31-dekabr 2023-yil.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 28.08.2020 yildagi PF-6055-son“. Lex.uz (2020-yil 28-avgust). Qaraldi: 31-dekabr 2023-yil.