Narkobiznes (yun. pagke biznes) -narkotik moddalarni olish va sotish bilan shugʻullanadigan jinoiy uyushma faoliyati. Narkobiznesdan katta foyda koʻrayotgan turli guruh va shaxslar faoliyati xalqaro konvensiyalar, alohida mamlakatlarning qonunlari bilan man etilgan. Shunga qaramay 20-asr oxiri va 21-asr boshida bunday faoliyat avj oldi.

Narkobiznes keltirib chiqarayotgan global oqibatlar insoniyatga xavf sola boshladi. Shu bois BMT doirasidagi hamda turli mintaqaviy uchrashuvlarda Narkobiznesga qarshi kurashda xalqaro jamoatchilik kuch-gʻayratini birlashtirish taʼkidlab kelinadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil