Narkotik oʻsimliklar - tarkibida odamning markaziy nerv sistemasiga taʼsir koʻrsatadigan har xil sinfga kiruvchi organik moddalar (alkaloid, efir moyi, organik kislotalar, glikozidlar, saponin va boshqalar) mavjud oʻsimliklar. Koʻpchilik N.oʻ.dan olinadigan moddalar tibbiyot va vete-rinariyada davolash va ogʻriqsizlantirishda ishlatiladi. Taʼsir qiluvchi moddalari, asosan, alkaloidlar. Koʻpchilik N.oʻ. zaharli va ulardan olinadigan preparatlarning koʻp kabul qilinishi giyohvandlikka olib keladi. N.oʻ.ning koʻpchiligi yuksak oʻsimliklarga kiradi. Koʻp turlari Janubiy Amerika tropiklarida, Shimoliy Amerika va Markaziy Osiyoda uchraydi. Ularning ayrimlari dorivor ekinlar sifatida ekib oʻstiriladi (afyunli koʻknor, hind nashasi, maxorka, tamaki, xin daraxti, koka butasi), ayrimlari zaharli oʻsimliklar boʻlib, yovvoyi holda oʻsadi (bangidevona, afsonak, maral-quloq, shuvoqning baʼzi turlari). Yana q. Giyohvandlik vositalari.

Xolima Otaboyeva.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil