Narkoz (yun. narkosis — karaxtlik) — sunʼiy yoʻl bilan (baʼzi kimyoviy moddalar va boshqa omillar taʼsirida) hosil qilinadigan chuqur uyqu holati, bunda kishi hech narsani sezmaydi, ixtiyoriy harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman yoʻqoladi. Tibbiyotda xirurgik operatsiya vaqtida ogʻriqsizlantirish (anesteziya) maqsadida qoʻllanadi. Amerikalik xirurg Uorren birinchi bor efir N.i bilan operatsiya qilgan (1846). Dastlab N. uchun faqat efir va xloroformszm foydalanib ke-lingan. Kimyo fanining rivojlanishi tufayli N. xrlatini paydo qiladigan turli xil moddalar kashf etildi.

N.ni vujudga keltiradigan narkotik moddalarning bemor organizmiga yuborilish usuliga qarab ingalyasion (nafas yoʻllari orqali), noingalyasion (nafas yoʻllaridan boshqa yoʻllar bilan) va kombinatsiyey N. (narkotik moddalar ikki va undan koʻp usul bilan yubo-rilganda) farq qilinadi. Ingalyasion N.da efir, flyuotan, siklopropan va boshqa moddalarning bugʻi xidlatiladi, bunda maxsus apparatlardan foydalaniladi. Narkotik moddalarni kislorod bilan aralashtirib yuborish nafas yoʻllarini har xil asoratlardan saqlaydi. Venaga yuborib paydo qilinadigan N.da, asosan, uyqu dorilari — barbiturat kislota hosilalari ishlatiladi. Bu usulning afzalligi shundaki, bemor tez uxlab qolib, hech nimani sezmaydi. Suyak ichiga, toʻgʻri ichakka, teri ostiga, muskul orasiga qilinadigan N. kamdan-kam qoʻllanadi.

Koʻpincha vena N.i bilan ingalyasion N. birgalikda amalga oshiriladi. Bunda N. berish narkotik moddalarni venaga yuborishdan boshlanadi, bemor uxlab qolgach, ingalyasion N. berishga oʻtiladi. N. vaqtida nafasni vaqtincha toʻxtatib turadigan dori-darmonlar va nafas olishni bajaradigan maxsus N. apparatlarining qoʻllanishi N. berayotgan vrach — narkotizator (aneste-ziolog)ga bemor organizmining barcha funksiyalarini idora etish imkoni-yatini beradi. Shu tufayli oʻpka, yurak, yirik tomirlar va bosh miyani bema-lol operatsiya qilish mumkin. Turli kimyoviy moddalar yuborib paydo qilinadigan N.dan tashqari maxsus koʻrsatma bilan elektronarkoz qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil