Narzulla Haydariy (1900-yil 10-sentyabr, Samarqand, Rossiya imperiyasi – 1938-yil, Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR) – tojik adabiyotshunosi, tarjimon. Tojik filologiyasi asoschilaridan biri[1].

Narzulla Haydariy
Tavalludi 10-sentyabr, 1900-yil
Vafoti 1938-yil
Dushanbe, Tojikiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR

Hayoti

tahrir

Narzulla Haydariy 1900-yil 10-sentyabr kuni Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. U oʻrta maktabni tugatgach, 1918-yilda Boku davlat pedagogika institutiga oʻqishga kirgan. Ushbu oliygohni 1922-yilda muvaffaqiyatli tamomlagan. 1923-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetining sharqshunoslik fakultetida oʻqituvchilik qilgan. Ushbu oliygohda 1927-yilgacha faoliyat yuritgan. 1928-yilda Tojikiston maorif komissariati huzuridagi ilmiy kengashga aʼzo boʻlgan. Narzulla Haydariy 1930-yil Stalinobodga (hozirgi Dushanbe shahri) koʻchib oʻtgan. U yerda Tojikiston maorif komissariati huzuridagi ilmiy-tadqiqot institutining tojik tili boʻlimiga rahbarlik qilgan. Haydariy 1932-yil Rossiya fanlar akademiyasining Tojikistondagi filialining adabiyot kafedrasi mudiri etib tayinlangan. U 1933-yildan 1938-yilgacha Dushanbe davlat pedagogika institutida tarix fanidan dars bergan[2]. Narzulla Haydariy 1938-yilda Tojikiston SSR tarkibidagi Dushanbe shahrida vafot etgan.

Narzulla Haydariy 20-asrning 20-yillarida ijodga kirib kelib, tojik tili va adabiyoti, uning imloviy qoidalari hamda uning terminologiyasi haqida izlanishlar olib borgan. U 1932-yilda chop etilgan „Ruscha-tojikcha lugʻat“ kitobini tuzishda bevosita ishtirok etgan. Narzulla Haydariy ikki fors shoirlari Abulqosim Firdavsiy va Sadriddin Ayniyning toʻliq hayoti va ijodini oʻrganib chiqqan. Izlanishlari natijasida yaratgan maqolalarini 1933-yilda tojik ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilgan. Narzulla Haydariyning 1930-yilda „Mehnat bilimi“ nomli kitobi nashrdan chiqqan.

Manbalar

tahrir