Narzullo Naimovich Oblomurodov — oʻzbek davlat, siyosiy va fan arbobi. 2021-yil 1-fevraldan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi yetakchisi. 2021-yil 30-dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi.

Narzullo OblomurodovNarzullo Oblomurodov
Narzullo Naimovich Oblomurodov
Toshkent davlat agrar universiteti rektori
Mansab davri
2021-yil 30-dekabrdan – 2022-yil 30-dekabrgacha
Avvalgisi Alisher Maqsudov
Keyingisi Aziz Abduhakimov
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi
Mansab davri
2021-yil 1-fevraldan
Ilmiy unvoni dotsentIqtisodiyot fanlari nomzodi

Tarjimai holi

tahrir

1975-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1996-yilda Toshkent Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlagan va oʻqishni Buyuk Britaniyada davom ettirish uchun ketgan. 2000-yilda Birmingem universitetini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha olim-iqtisodchi, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.

2000-yildan Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimida, xususan, Toshkent moliya institutida, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida; ilmiy xodim, kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimlarida ishlagan. Shuningdek, bank-moliya sohasida, davlat organlari tizimida, jumladan, fuqarolar huquqlarini himoya qilish xizmatida, hamda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va tartibga solish xizmatida ishlagan.

2020-yil aprel oyida Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlangan edi. 2021-yil 1-fevralda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qoʻmitasi raisi etib saylangan. 2020-yil noyabr oyidan buyon partiyani boshqarib kelayotgan Komiljon Tojiboyev oʻrniga partiya yetakchisi etib tayinlandi.

2021-yilgi saylovda Ekologik partiyadan Oʻzbekiston Prezidentligiga nomzod sifatida koʻrsatilgan. 24-oktabr kuni boʻlib oʻtgan ovoz berish natijalariga koʻra, 4,1% ovoz olgan.

2021-yil 30-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi etib tayinlangan[1][2].

2023-yilda — Toshkent moliya instituti prorektori[3]

2024-yil 3-iyundan — Toshkent davlat agrar universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori[3]

Oʻzbek tilidan tashqari ingliz va rus tilini biladi. Uylangan, uch nafar farzandi bor.

Manbalar

tahrir
  1. „Назначение. Госкомэкологии Республики Узбекистан“ (ruscha). Государственный комитет Республики Узбекистан по экологии и охране окружающей среды (30-dekabr 2021-yil). 22-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-yanvar 2022-yil.
  2. „Нарзулло Обломуродов утвержден главой Госкомэкологии“ (ruscha). gazeta.uz (30-dekabr 2021-yil). 22-yanvar 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-yanvar 2022-yil.
  3. 3,0 3,1 https://m.kun.uz/news/2023/07/25/prezidentlikka-sobiq-nomzod-institut-prorektori-sifatida-ish-boshladi


Havolalar

tahrir