Nasim Hoshimov (1920.12.3, Samarqand – 2000.4.11, Toshkent) – ashulachi, opera xonandasi (lirik bariton), pedagog. Oʻzbekiston xalq artisti (1959). Moskva oʻzbek opera studiyasi (1941) va Toshkent kon-servatoriyasi (1961)ni tugatgan. Milliy ijro uslublarini oʻzlashtirishda Hojiab-dulaziz, Toʻychi hofizlar taʼsir koʻrsatgan. Samarqand teatrida xormeyster va artist (1941—44), 1944-yildan Navoiy teatrining yakkaxoni, 1959-yildan Toshkent konservatoriyasida pedagog, professor (1979), 1972—77 yillar xonandalik kafedrasi mudiri. Oʻzbek operalarida Boʻron (S.Vasilenko, M.Ashrafiy, „Boʻron“), Ibrohim (T. Sodiqov, R. Glier, „Gulsara“), Nuʼmon (M. Ashrafiy, „Dilorom“), chet el klassik operalarida Eskamilo (J.Bize, „Karmen“), Onegin, Yelets-kiy (P.Chaykovskiy, „Yevgeniy One-gin“, „Qargʻa motkasi“), Figaro (J. Rossini, „Sevilya sartaroshi“) kabi bosh rollarni ijro etgan. Kon-sert repertuaridan, asosan, Hamza qoʻshiqlari hamda boshqa oʻzbek bastakor va kompozitorlarining asarlari (M.Leviyevning „Qahramon qizlar“, T.Sodiqovning „Jonon koʻrinur“, M.Burhonovning „Tabassum qilmading hech“) oʻrin olgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil