Nasoro
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nasoro (arab. — nasroniy soʻzining koʻpligi; masihiylar, xristianlar) — Qurʼonda Iso paygʻambarga ergashgan dindorlarning atalishi. Rivoyatlarga koʻra, Iso Masih Nosira nomli shaharda tugʻilgan boʻlib, uni Nosiriy deb atar edilar. Unga ergashgan kishini esa nasroniy deb yurita boshlaganlar. Nasoro Iso Masihni ilohiylashtirgani uchun islom dini nuqtai nazarida shirk ahlidan hisoblanadilar. Zero islomda Alloh taologa hech bir narsani tenglashtirish, hatto oʻxshatish mumkin emas. Nasoro esa Iso Masihni muqaddas uchlikning biri deb unga eʼtiqod qiladi. Shuning uchun ham Qurʼonning koʻp oyatlarida nasoro tilga olinadi va Muhammad (sav)ni eʼtirof etishga daʼvat qilinadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |