Nasr — 1) Shashmakrm majmuasidagi maqomlarning ashula boʻlimi. N. har bir maqomda mushkilot boʻlimidan keyin joylashgan boʻlib, oʻz navbatida, shoʻʼbalarning 2 katta guruhidan tashkil topadi. Birinchi guruh Saraxbor, Talq-in, Nasr (uz taronalari bilan) hamda yakunlovchi Ufar qismini (Suporishi bilan), ikkinchisi esa, asosan, Savt va Moʻgʻulcha va shoʻʼbalarini oʻz ichiga qamrab oladi; 2) Shashmaqom majmuasidagi maqomlarning ashula boʻlimida 1-guruhni tashkil etuvchi shoʻʼbalardan biri. N. Saraxbor va Talqin shuʼbalaridan keyin kelib, soʻngra Ufarga ulanadi. Shashmaqomda N. yoʻlida bastalangan jami 14 namuna mavjud. Ular Buzruk makrmida — N.i Uz zol, Nasrulloyi, Rostda — N.i Ushshoq, Navroʻzi Sabo, Navo maqomida — N.i Bayet, Orazi Navo, Xusayniyi Navo, Dugoxda — N.i Chorgoh, Orazi Dugoh, Husayniyi Dugoh, Segoh maqomida — N.i Segoh, Navroʻzi Xoro, Navroʻzi Ajam, Iroqda — Muxayyari Iroq deb nomlanadi. N. yoʻlida bastalangan asarlar Xorazm maqomlari, Fargʻona—Toshkent maqom turkumlarida ham asosiy oʻrinlardan birini egallaydi. Oʻtmishda N. ashula yoʻllarini mufassal ijro etuvchi hofizlarni "nasrchi" deb yuritilgan. Ravshan Yunusov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil